Prezident pandemiya sharoitida aholidan 3 ta muhim shartga qat’iy amal qilishni so‘radi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2021
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev pandemiyaning yangi to‘lqiniga yo‘l qo‘ymaslikning 3 ta muhim shartini aytdi.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirni ochar ekan, davlat rahbari pandemiyani yengib o‘tish doirasida olib borilayotgan ishlarga alohida to‘xtaldi. Bu haqda uning matbuot kotibi xabar berdi.
Davlat rahbari pandemiyadan imkon qadar yo‘qotishlarsiz o‘tish va keyingi to‘lqinlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun, xalqdan 3 ta muhim shartga qat’iy amal qilish talab etilishini aytdi.
Birinchidan, virusdan himoyalanish va uni yengishning eng muhim sharti – bu albatta emlanish.
Press-sekretar prezidenta Uzbekistana, zamglavi yego administratsii Sherzod Asadov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2021
Prezident Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi to‘liq emlangan – Asadov
Ikkinchidan, shaxsiy gigiyena va ijtimoiy masofani saqlash talablariga rioya qilish, jamoat joylarida tibbiy niqobda yurish – kasallikdan eng samarali himoya ekanini unutmaslik.
Uchinchidan, kasallik yengil kechayotgan va uy sharoitida davolanayotgan bemorlarni o‘zboshimchalik bilan, pala-partish dori vositalarini iste’mol qilishini oldini olish zarur.
Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, aholini koronavirusga qarshi emlash uchun bugungi kunga qadar 4 turdagi 13 million doza vaksina olib kelingan. Qaysi turdagi vaksina bilan emlanish bo‘yicha aholida tanlash imkoniyati paydo bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0