Olimpiadada amerikaliklarni halol o‘yindan chiqarib tashlashdi

© Sputnik / Aleksey FilippovSportsmeni sbornoy SShA na parade atletov na seremonii otkritiya XXXII letnix Olimpiyskix igr v Tokio
Sportsmeni sbornoy SShA na parade atletov na seremonii otkritiya XXXII letnix Olimpiyskix igr v Tokio - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Rossiyalik olimpiadachilar Tokioda haqiqatan ham vizantiyacha makkorligini namoyon etishdi. Juda kam sonli jamoa bilan kelishdi: odatdagi yuz yengil atletchi o‘rniga o‘n kishi – qanday qilib? Propaganda xeytining o‘ninchi to‘lqiniga bardosh berishdi. Neytral libosda bayroqsiz va madhiyasiz chiqish qilishmoqda. Deyarli tunu kun dopingga tahlil topshirishmoqda – hech bo‘lmaganda Sofya Velikaya ustidan qilingan masxaralashga qarang. Bunga qaramasdan ular g‘olib bo‘lishmoqda.
To‘xtang. Biz bunga kelishmagan edik-ku. Rejaga ko‘ra rossiyalik sportchilar kelib, hammasi mag‘lub bo‘lishi kerak edi. Ular, g‘arblik hamkorlarning fikricha, hammasida doping uradi. Qanday qilib? Biroq Rossiya terma jamoasining muvaffaqiyati “doping”, testlarni almashtirish va Rodchenkov mo‘ylovi bilan bog‘liq bu voqealarning bari navbatdagi safsatali feykligining namoyishkorona va yorqin dalili bo‘ldi – “Novichok” haqidagi keti yo‘q voqealar kabi.
Bugun esa ignaga, boz ustiga yoppasiga va mutlaq rasman, yuzlab va minglab g‘arblik, avvalo amerikalik sportchilar o‘tiribdi. Ularning bahonasi oddiygina, u “davolash uchun mustasno” deb ataladi. Ayrilar uni “doping uchun litsenziya” deyishadi.
Kongress VADA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.01.2020
WADA ta’qiqlangan moddalar ro‘yxatini yangiladi
Uni qo‘lga kiritish unchalik qiyin emas. Sportchi o‘zining milliy dopingga qarshi qo‘mitasiga shifokor ma’lumotnomasini taqdim etadi va hech qanday muammosiz taqiqlangan moddalarni qabul qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Kimoning turlari ko‘p. Bu yerda norvegiyalik chang‘ichilar astmaga qarshi foydalanadigan dorilar ham bor. Anaboliklar ham bor, tennischi opa-singil Uilyamslarni uni ichishda doim gumon qilib kelishadi. Turli psixotroplar. Amerikalik gimnastikachi Simona Baylzni Tokiodagi Olimpiadada muammolari katta ehtimol bilan shu bilan bog‘liq.
Qizig‘i shundaki, shunga o‘xshash ruxsatnomalarni va ularni tarkibi maxfiylashtirilgan. Go‘yoki bu sportchilarning tibbiy ma’lumotlari, shaxsiy, intim narsa. Milliy dopingga qarshi kurashish qo‘mitalarining hisoboti shunday tuziladi-ki, hech kim hech narsani tushunmasin.
Dopingga qarshi haqiqatdan kuraisha urinayotgan avstraliyalik faollar aniqlashdiki, masalan, 2012-yilda mamlakatda 37 ta kuchli ta’sir qiluvchi dori vosilariga – insulindan ritalingacha - davolash maqsadidagi ruxsatnoma berilgan. Ammo har bir doriga aniq qancha va kimga ruxsatnoma berilganini hech kim bilmaydi.
Afsonaviy britaniyalik yuguruvchi Mo Farning tahlillarida morfin, vikodin, triamsinolondan iborat qorishma bor edi. Hech kim, ammo, uning olimpiya oltin medalini shubha ostiga qo‘ymadi. Chetlashish haqida gap ham bo‘lmadi. Buyuk Britaniya qirolichasi uni ritsarlik unvonini berdi va Mo o‘zining sport faoliyatini davom ettirdi. U Tokioga borgan bo‘ladi, agarda termaga saralash bosqichidan o‘ta olganda.
WADA qarori zamirida siyosiy tusga ega fikrlar yotibdi - Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.12.2019
WADA qarori zamirida siyosiy tusga ega fikrlar yotibdi - Putin
Taqiqlangan moddalarni bir necha yillar davomida opa-singil Uilyamslar va Sinoma Baylzning tahlillarida topishgan. Biroq bu har uchchala sportchilarning musobaqalarda qatnashishga ijozat berildi va u qo‘ldan kelguncha medallarga ega chiqishdi. Muammoning ko‘lami hatto ko‘plab oddiy amerikaliklarni qo‘rqitib yubordi.
Bir necha yil avval mashhur “USA Today” jurnali surishtiruv o‘tkazishga urindi, WADAga maktub yo‘lladi. Opa-singil Uilyamslarning tahlili shunchalik yomonmi? Davolash mustasnolari ma’lumotlarini olib, e’lon qilish kerak emasmi? Odamlar afsonaviy sportchilar nima qabul qilishayotganini bilishsin.
Butunjavon dopigga qarshi kurashish tashkiloti so‘rovga javob bermadi. Hech qanday ma’lumot ham ochiqlanmadi. Jurnalistlarning Amerika dopigga qarshi kurashish agentligining opa-singil Uilyamslar haqidagi va ularga qo‘shilgan Baylz aybsiz degan rasmiy bayonotiga qanoat hosil qilishiga to‘g‘ri keldi.
Baylz o‘shanda bolalikdan giperfaollik va kam e’tibordan aziyat chekishini tushuntirdi. Shuning uchun WADA unga ritalin ichishga ruxsat bergan. Bu nimaga olib kelganini butun dunyo Tokioda ko‘rdi.
Ritalin kuchli psixostimulyatordir, oddiy tilda uni “qashshoqlar uchun kokain” deyishadi. Uni chegaradan olib o‘tish qoidalari juda murakkab, pandemiya vaqtida yanada qat’iylashtirildi. Voqea bilan tanish kishilarning so‘zlariga ko‘ra, Simona Baylz murabbiyi sportchiga kerak bo‘lgan ritalin zaxirasini Yaponiyaga olib kelolmagan.
Dorisiz qolgan mashhur gimnastikachi jamoa o‘z holiga tashlab, musobaqalardan nomzodini oldirdi. Amerika OAVlari uni qahraman deb e’lon qilishdi, hissiyotga boy xabarlar to‘lib-toshdi. Ammo oqni oq, qorani qora demoq zarur. Butun dunyoning ko‘z o‘ngida yetakchi amerikalik sportchi giyohvand moddasiga o‘rganib qolganini boshdan kechirdi.
Olimpiada 2016. Fextovanie. Jenshini. Sablya. Komandnoe pervenstvo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2019
“Ahmoqona qaror”: WADA qarori yuzasidan sport afsonalarining fikri
Ommaning bu sharmandalikdan diqqatini chalg‘itish uchun Amerika dopingga qarshi kurashish agentligi rahbari Trevis Taygart rus sportchilariga malomat yog‘dirdi: “Rossiya qattiq jazoga loyiq va firibgarlik qilishda davom etapti”.
Meni eshiting, bu o‘sha yaqinda amerikalik yuguruvchi ShaKarri Richardsonni bir oy sportdan chetlatish bilan jazolagan Taygart-ku. Richardson musobaqa boshlanishi oldidan marixuanani boplab chekkandi. Odatda WADA bu uchun to‘rt yilga chetlashtiradi.
Endi esa Taygert Rossiyani “dopingni davlat qo‘llab-quvvatlashda” ayblab, olimpiadachilarning barcha doping tahlillari e’lon qilishni taklif qilmoqda. Marhamat. Rossiyalik sportchilarning qo‘rqadigan joiy yo‘q. XOQ hozirgina ularda hech qanday musbat tahlil yo‘qligini tasdiqladi. Amerikalik sportchilarning tahlillariga tomosha qilish maroqli bo‘ladi. U yerda, aftidan, Mendeleyev tablitsasidagi barcha moddalar bor.
Ruslar xalqaro musobaqalardagi bosimlarga odatlanishdi. Lekin Tokio Olimpiadasining siyosiylashtirib yuborilgani haddan oshmoqda. Halol jangda yutishga kuchlari bo‘lmagan g‘arblik hamkorlar ig‘vo, bo‘hton, ochiqchasiga hujum qilishga o‘tmoqda. “Oh sport, sen – urush!” – amerikaliklar Olimpiya shiorini o‘rgartirsa bo‘lardi.
Narkotik va taqiqlangan moddalardan amerikalik sportchilarning jazosiz foydalanishi, ehtimol, ularga biror bir g‘alaba keltirar. Lekin uzoq muddatda bu haqiqatdan qo‘rqinchli narsa. Bir necha amerikalik avlodlarda agarda yoshlikdan turli narsalarni iste’mol qilsa, sport yulduzi bo‘lish mumkin degan fikr o‘rnashgan. Bu jazosiz qolishni murabbiylar, shifokorlar, Trevis Taygart, prezidentgacha xas po‘shlaydi. Bu “dopingni davlat qo‘llab-quvvatlashi” bo‘lmadan nima? WADA amerikaliklar bilan shug‘ullansa yaxshi bo‘lardi – katta sport kelajagi uchun.
Vizit glavi MID RF S. Lavrova v Slovakiyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2019
Lavrov WADA᾽ning Rossiyani chetlatish tavsiyasiga munosabat bildirdi
Yangiliklar lentasi
0