https://oz.sputniknews.uz/20210803/afgoniston-hukumati-toliblar-bilan-ishlashga-tayyorligini-bildirdi-19924710.html
Afg‘oniston hukumati toliblar bilan ishlashga tayyorligini bildirdi
Afg‘oniston hukumati toliblar bilan ishlashga tayyorligini bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston, toliblar bilan agar ular terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatsa, hamkorlikda ishlashga tayyorligini bildirdi. 03.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-03T09:59+0500
2021-08-03T09:59+0500
2021-08-03T09:59+0500
dunyoda
afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1357/61/13576133_0:156:3087:1892_1920x0_80_0_0_d23c6cb4e72f680067011ef8b8ac92fa.jpg
TOShKENT, 3 avg - Sputnik. Afg‘oniston TIV rahbari Moxammad Xanif Atmar mamlakat rasmiylari "Tolibon"* harakati bilan bitta shart asosida hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi - buni uchun harakat terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishi lozim.""Biz "Tolibon" bilan ishlashga, ularni hukumatga qabul qilishga tayyormiz, ular bilan tinchlik o‘rnatishga va ular bilan hokimiyatni bo‘lishishga tayyormiz. Buning uchun shartlarimiz ham ko‘p emas, aslida bittagina - Afg‘oniston kelajagi mamlakat ichida afg‘on xalqining erkin irodasi, tashqi chegaralarida esa Afg‘oniston birorta boshqa davlatlar uchun xavf tug‘dirmasligi kerak va bizda bitta ham xorijiy terrorchi kuch bo‘lmasligi kerak... Bizning hukumat "Tolibon"*ni hukumatning bir qismi sifatida bitta shart asosida qabul qilishga tayyor - buning uchun ular terrorizmni qo‘llab -quvvatlashni to‘xtatish shart", - deb aytgan Atmar "Izvestiya" nashriga bergan intervyusida.Atmarning ta’kidiga ko‘ra, xorijiy safdoshlari yordamida toliblar 34 provinsiyaning 31tasida hukumat qo‘shinlariga qarshi jang olib borishmoqda. "Bu "Tolibon"*ning eng g‘ayriinsoniy va shafqatsiz kampaniyasi", - dedi Moxammad Xanif Atmar.Afg‘onistonda hukumat qo‘shinlari bilan qishloqlarning muhim hududlarini egallab olib, yirik shaharlarga hujumga o‘tgan "Tolibon"* jangarilari o‘rtasida qarama--qarshilik avj olgan. O‘tgan haftada berilgan xabarlarga ko‘ra, isonchilar mamlakat g‘arbidagi Hirot provinsiyasiga yaqinlashishgan, shuningdek, Afg‘oniston janubidagi Hilmand viloyatining asosiy shahri Lashkargohda janglar olib borilmoqda.Mamlakatdagi nostabillik AQSh ma’muriyatining qo‘shinlarni 11-sentabrgacha Afg‘onistondan olib chiqishni tugatish haqidagi va’dalari fonida kuchaymoqda. 2020-yilda Vashington va "Tolibon"* o‘rtasida Dohada 18-yil davom etgan urushdan keyin birinchi tinchlik bitimini imzoladi. U 14 oy ichida xorijiy qo‘shinlarni Afg‘onistondan olib chiqish va mahbuslar bilan o‘zaro almashuvdan so‘ng afg‘onlararo muloqotni boshlashni ko‘zda tutadi.* Rossiyada ta’qiqlangan terroristik tashkilot.
https://oz.sputniknews.uz/20210719/afgoniston-hatto-urush-ham-jaholat-bilan-olib-borilmasligi-kerak-19742751.html
https://oz.sputniknews.uz/20210715/tolibon-hujumi-afgonlar-uylarini-tashlab-qochmoqda-video-19693496.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1357/61/13576133_179:0:2908:2047_1920x0_80_0_0_ae0aad2d015a1c2b64c8d4c9cb711951.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
dunyoda, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
Afg‘oniston hukumati toliblar bilan ishlashga tayyorligini bildirdi
Afg‘oniston, toliblar bilan agar ular terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatsa, hamkorlikda ishlashga tayyorligini bildirdi.
TOShKENT, 3 avg - Sputnik. Afg‘oniston TIV rahbari Moxammad Xanif Atmar mamlakat rasmiylari "Tolibon"* harakati bilan bitta shart asosida hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi - buni uchun harakat terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishi lozim.
""Biz "Tolibon" bilan ishlashga, ularni hukumatga qabul qilishga tayyormiz, ular bilan tinchlik o‘rnatishga va ular bilan hokimiyatni bo‘lishishga tayyormiz. Buning uchun shartlarimiz ham ko‘p emas, aslida bittagina - Afg‘oniston kelajagi mamlakat ichida afg‘on xalqining erkin irodasi, tashqi chegaralarida esa Afg‘oniston birorta boshqa davlatlar uchun xavf tug‘dirmasligi kerak va bizda bitta ham xorijiy terrorchi kuch bo‘lmasligi kerak... Bizning hukumat "Tolibon"*ni hukumatning bir qismi sifatida bitta shart asosida qabul qilishga tayyor - buning uchun ular terrorizmni qo‘llab -quvvatlashni to‘xtatish shart", - deb aytgan Atmar "Izvestiya" nashriga bergan intervyusida.
Atmarning ta’kidiga ko‘ra, xorijiy safdoshlari yordamida toliblar 34 provinsiyaning 31tasida hukumat qo‘shinlariga qarshi jang olib borishmoqda. "Bu "Tolibon"*ning eng g‘ayriinsoniy va shafqatsiz kampaniyasi", - dedi Moxammad Xanif Atmar.
Afg‘onistonda hukumat qo‘shinlari bilan qishloqlarning muhim hududlarini egallab olib, yirik shaharlarga hujumga o‘tgan "Tolibon"* jangarilari o‘rtasida qarama--qarshilik avj olgan. O‘tgan haftada berilgan xabarlarga ko‘ra, isonchilar mamlakat g‘arbidagi Hirot provinsiyasiga yaqinlashishgan, shuningdek, Afg‘oniston janubidagi Hilmand viloyatining asosiy shahri Lashkargohda janglar olib borilmoqda.
Mamlakatdagi nostabillik AQSh ma’muriyatining qo‘shinlarni 11-sentabrgacha Afg‘onistondan olib chiqishni tugatish haqidagi va’dalari fonida kuchaymoqda. 2020-yilda Vashington va "Tolibon"* o‘rtasida Dohada 18-yil davom etgan urushdan keyin birinchi tinchlik bitimini imzoladi. U 14 oy ichida xorijiy qo‘shinlarni Afg‘onistondan olib chiqish va mahbuslar bilan o‘zaro almashuvdan so‘ng afg‘onlararo muloqotni boshlashni ko‘zda tutadi.
* Rossiyada ta’qiqlangan terroristik tashkilot.