https://oz.sputniknews.uz/20210802/olmaliqda-ypx-inspektoriga-malibu-haydovchisini-qoyib-yuborishni-buyurgan-komandir-jazolandi-19916528.html
Olmaliqda YPX inspektoriga “Malibu” haydovchisini qoʻyib yuborishni buyurgan komandir jazolandi
Olmaliqda YPX inspektoriga “Malibu” haydovchisini qoʻyib yuborishni buyurgan komandir jazolandi
Olmaliq shahrida YPX xodimi “yuqoridagi” buyruq sabab qoidabuzar haydovchini qoʻyib yubordi. 02.08.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-08-02T14:32+0500
2021-08-02T14:32+0500
2021-08-02T14:32+0500
hodisalar
jarima
toshkent viloyati
qoidabuzarlik
yoʻl-patrul xizmati (ypx)
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1264/82/12648217_0:161:3067:1886_1920x0_80_0_0_a64dc25d7b690f10bff17f457955406d.jpg
TOSHKENT, 2 avg — Sputnik. Toshkent telekanali “Poytaxt yoʻllari” koʻrsatuvida Olmaliq shahrida YPX inspektori qoidabuzar “Malibu” haydovchisini “yuqoridan” boʻlgan buyruq tufayli qoʻyib yuborishga majbur boʻlgani aks etgan lavha efirga uzatildi.Videoda oʻzini viloyat YPX xodimi deb tanishtirgan inspektor qora rangdagi “Malibu” avtomobilini haydovchisini toʻxtatgani koʻrish mumkin. Xodim aniqlangan qoidabuzarlik uchun haydovchiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirayotgan vaqtida unga ratsiya orqali aloqaga chiqiladi va mashinani qoʻyib yuborish buyrugʻi beriladi.“Telefon qilishdi, qanaqa mashinani ushlab turibsan?.. Qoʻyvor boʻldi, koʻp gapirmasdan. Yaxshi yetvoling deb tushuntirvor”, — degan gaplarni eshitish mumkin lavhada.YPX inspektori buyruqni bajargan holda avtomobilning harakatlanishiga ruxsat bergan.Viloyat IIBB axborot xizmati bu holat yuzasidan maʼlumot berdi. Maʼlum qilinishicha, oʻtkazilgan nazorat-reyd tadbirlari davomida M.Ulugʻbek koʻchasida xizmat olib borayotgan YPX xodimi A.I. “Malibu” haydovchisini harakat vaqtida xavfsizlik kamaridan foydalanmaganligi sababli toʻxtatgan. Avtomobil “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” unitar korxonasiga tegishli. Tekshiruv davomida transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi barcha hujjatlar haydovchining yonida boʻlgani aniqlangan.Haydovchiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 125-moddasi 1-qismiga (Xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalarini buzish) asosan elektron shakldagi bayonnoma rasmiylashtirilgan.“Ushbu holatda (ratsiya orqali bogʻlangan) 2-mintaqaviy hudud YPX otryadi komandiri amaldagi meʼyoriy hujjatlar talablarini buzgani uchun intizomiy jazolandi”, - deyilgan xabarda.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1264/82/12648217_169:0:2898:2047_1920x0_80_0_0_84fe03a541df006ea86278ecd97d0238.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
jarima, toshkent viloyati, qoidabuzarlik, yoʻl-patrul xizmati (ypx)
jarima, toshkent viloyati, qoidabuzarlik, yoʻl-patrul xizmati (ypx)
Olmaliqda YPX inspektoriga “Malibu” haydovchisini qoʻyib yuborishni buyurgan komandir jazolandi
Olmaliq shahrida YPX xodimi “yuqoridagi” buyruq sabab qoidabuzar haydovchini qoʻyib yubordi.
TOSHKENT, 2 avg — Sputnik. Toshkent telekanali “Poytaxt yoʻllari” koʻrsatuvida Olmaliq shahrida YPX inspektori qoidabuzar “Malibu” haydovchisini “yuqoridan” boʻlgan buyruq tufayli qoʻyib yuborishga majbur boʻlgani aks etgan lavha efirga uzatildi.
Videoda oʻzini viloyat YPX xodimi deb tanishtirgan inspektor qora rangdagi “Malibu” avtomobilini haydovchisini toʻxtatgani koʻrish mumkin. Xodim aniqlangan qoidabuzarlik uchun haydovchiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirayotgan vaqtida unga ratsiya orqali aloqaga chiqiladi va mashinani qoʻyib yuborish buyrugʻi beriladi.
“Telefon qilishdi, qanaqa mashinani ushlab turibsan?.. Qoʻyvor boʻldi, koʻp gapirmasdan. Yaxshi yetvoling deb tushuntirvor”, — degan gaplarni eshitish mumkin lavhada.
YPX inspektori buyruqni bajargan holda avtomobilning harakatlanishiga ruxsat bergan.
Viloyat IIBB axborot xizmati bu holat yuzasidan
maʼlumot berdi. Maʼlum qilinishicha, oʻtkazilgan nazorat-reyd tadbirlari davomida M.Ulugʻbek koʻchasida xizmat olib borayotgan YPX xodimi A.I. “Malibu” haydovchisini harakat vaqtida xavfsizlik kamaridan foydalanmaganligi sababli toʻxtatgan. Avtomobil “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” unitar korxonasiga tegishli. Tekshiruv davomida transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi barcha hujjatlar haydovchining yonida boʻlgani aniqlangan.
Haydovchiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 125-moddasi 1-qismiga (Xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalarini buzish) asosan elektron shakldagi bayonnoma rasmiylashtirilgan.
“Ushbu holatda (ratsiya orqali bogʻlangan) 2-mintaqaviy hudud YPX otryadi komandiri amaldagi meʼyoriy hujjatlar talablarini buzgani uchun intizomiy jazolandi”, - deyilgan xabarda.