https://oz.sputniknews.uz/20210801/yangi-airbus-vertolyotlaridan-turistik-infratuzilmani-rivojlantirish-maqsadida-foydalaniladi-19902167.html
Yangi Airbus vertolotlaridan turistik infratuzilmani rivojlantirish maqsadida foydalaniladi
Yangi Airbus vertolotlaridan turistik infratuzilmani rivojlantirish maqsadida foydalaniladi
Sputnik O‘zbekiston
“Uzbekistan Helicopters” tijoriy maqsadlarda foydalanishga mo‘ljallangan ikkita Airbus H125 vertoloti taqdimotini o‘tkazdi. 01.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-01T11:06+0500
2021-08-01T11:06+0500
2021-08-01T11:06+0500
turizm
turizm
turizm va sport vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/01/19901909_0:68:1300:799_1920x0_80_0_0_2695ff4d1072df2d5d7c877a4e117abf.jpg
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. 31-iyul kuni “Uzbekistan Helicopters” MChJ yangi sotib olingan ikkita Airbus H125 va Mi-8MTV vertolotlari taqdimotini o‘tkazdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Taqdimotda bosh vazir o‘rinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov va transport vaziri Ilhom Mahkamov hamda xorijiy turistik kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.“Yangi olib kelingan vertolotlar turistik infratuzilmani rivojlantirish maqsadida ekspluatatsiya qilinadi. Demak, biz barcha turistik kompaniyalarni hamkorlikka chaqiramiz. Raqobat muhitida shakllanayotgan ushbu turistik xizmat turini amalga oshirish uchun Turizm va sport vazirligi tadbirkorlarga hamma sharoitlarni yaratishga, xususan, litsenziyalar taqdim etishga tayyor. Shu munosabat bilan sotib olingan vertolotlar prezident tomonidan ham tashqi, ham ichki turizmni rivojlantirish borasida qo‘yilgan vazifalarga samarali yechim topish imkoniyatini beradi”, - dedi Aziz Abduhakimov o‘z nutqida.Tadbir doirasida OAV vakillari va blogerlar vertolotlarda Toshkent-Bildirsoy-Amirsoy-Chimgan-Toshkent yo‘nalishida tanishuv parvozini amalga oshirdi.Airbus Helicopters H125 yengil dvigatelli vertolot FADEC raqamli boshqaruv tizimiga ega kuchli dvigatel bilan jihozlangan. U jami 6 kishiga (2 nafar uchuvchi va 4 nafar yo‘lovchi) mo‘ljallangan. Shuningdek, aviatransport kuzatuv-qutqaruv ishlarini amalga oshirish, yirik yong‘in maydonlarini o‘chirish, yukni ko‘tarish, hosilni changlatish, elektr uzatish tarmoqlarini yuqoridan kuzatish, aerovideo tasvirga olish, parashutda sakrash, geologik qidiruv kabi keng ko‘lamli vazifalarni bajarishda qo‘llaniladi.3 nafar ekipaj a’zolaridan iborat Mi-8MTV vertolotining biri 20, ikkinchisi esa 16 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata oladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/01/19901909_73:0:1228:866_1920x0_80_0_0_d693dd34356a6216aafb8cd94db51b9a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm, turizm, turizm va sport vazirligi
turizm, turizm, turizm va sport vazirligi
Yangi Airbus vertolotlaridan turistik infratuzilmani rivojlantirish maqsadida foydalaniladi
“Uzbekistan Helicopters” tijoriy maqsadlarda foydalanishga mo‘ljallangan ikkita Airbus H125 vertoloti taqdimotini o‘tkazdi.
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. 31 iyul kuni “Uzbekistan Helicopters” MChJ yangi sotib olingan ikkita Airbus H125 va Mi-8MTV vertolotlari taqdimotini o‘tkazdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Taqdimotda bosh vazir o‘rinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov va transport vaziri Ilhom Mahkamov hamda xorijiy turistik kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.
“Yangi olib kelingan vertolotlar turistik infratuzilmani rivojlantirish maqsadida ekspluatatsiya qilinadi. Demak, biz barcha turistik kompaniyalarni hamkorlikka chaqiramiz. Raqobat muhitida shakllanayotgan ushbu turistik xizmat turini amalga oshirish uchun Turizm va sport vazirligi tadbirkorlarga hamma sharoitlarni yaratishga, xususan, litsenziyalar taqdim etishga tayyor. Shu munosabat bilan sotib olingan vertolotlar prezident tomonidan ham tashqi, ham ichki turizmni rivojlantirish borasida qo‘yilgan vazifalarga samarali yechim topish imkoniyatini beradi”, - dedi Aziz Abduhakimov o‘z nutqida.
Tadbir doirasida OAV vakillari va blogerlar vertolotlarda Toshkent-Bildirsoy-Amirsoy-Chimgan-Toshkent yo‘nalishida tanishuv parvozini amalga oshirdi.
Airbus Helicopters H125 yengil dvigatelli vertolot FADEC raqamli boshqaruv tizimiga ega kuchli dvigatel bilan jihozlangan. U jami 6 kishiga (2 nafar uchuvchi va 4 nafar yo‘lovchi) mo‘ljallangan. Shuningdek, aviatransport kuzatuv-qutqaruv ishlarini amalga oshirish, yirik yong‘in maydonlarini o‘chirish, yukni ko‘tarish, hosilni changlatish, elektr uzatish tarmoqlarini yuqoridan kuzatish, aerovideo tasvirga olish, parashutda sakrash, geologik qidiruv kabi keng ko‘lamli vazifalarni bajarishda qo‘llaniladi.
3 nafar ekipaj a’zolaridan iborat Mi-8MTV vertolotining biri 20, ikkinchisi esa 16 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata oladi.