https://oz.sputniknews.uz/20210801/tiv-rahbari-pan-gi-mun-19904036.html
TIV rahbari Pan Gi Mun bilan yashil iqtisodiyot texnologiyalarini joriy etishni muhokama qildi
TIV rahbari Pan Gi Mun bilan yashil iqtisodiyot texnologiyalarini joriy etishni muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
Seulda Abdulaziz Kamilovning Yashil o‘sish global instituti (GGGI) Assambleyasi raisi Pan Gi Mun bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi. 01.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-01T14:52+0500
2021-08-01T14:52+0500
2021-08-01T14:52+0500
siyosat
abdulaziz kamilov
seul
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/01/19904006_0:118:1300:849_1920x0_80_0_0_2755bad9c0d97452251b66281e7da45c.jpg
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Seulda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yashil o‘sish global instituti (GGGI) Assambleyasi raisi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.Ta’kidlanishicha, tomonlar O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hududida Yashil o‘sish global institutiga birinchi a’zo davlat bo‘lganini mamnuniyat bilan ta’kidladi. Toshkentda GGGI ning Markaziy Osiyodagi birinchi vakolatxonasi ochildi. O‘ndan ortiq qo‘shma tadbirlar amalga oshirildi.Uchrashuvda KOICA va GGGI o‘rtasidagi qiymati 5,6 million AQSh dollariga teng loyiha doirasida Orol dengizi mintaqasining ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik holatini yaxshilash bo‘yicha o‘zaro munosabatlarga alohida e’tibor qaratildi.
https://oz.sputniknews.uz/20210607/samarqand-ozbekistonda-birinchi-bolib-ettbning-yashil-shaharlar-dasturiga-qoshildi-19126297.html
seul
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/01/19904006_6:0:1294:966_1920x0_80_0_0_8d1d497d5ea2212b1e9f2ae060ee9ba2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, abdulaziz kamilov, seul
siyosat, abdulaziz kamilov, seul
TIV rahbari Pan Gi Mun bilan yashil iqtisodiyot texnologiyalarini joriy etishni muhokama qildi
Seulda Abdulaziz Kamilovning Yashil o‘sish global instituti (GGGI) Assambleyasi raisi Pan Gi Mun bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Seulda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yashil o‘sish global instituti (GGGI) Assambleyasi raisi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati
xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, tomonlar O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hududida Yashil o‘sish global institutiga birinchi a’zo davlat bo‘lganini mamnuniyat bilan ta’kidladi. Toshkentda GGGI ning Markaziy Osiyodagi birinchi vakolatxonasi ochildi. O‘ndan ortiq qo‘shma tadbirlar amalga oshirildi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston va GGGI o‘rtasidagi qator sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari, jumladan, global iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, yashil iqtisodiyot texnologiyalarini joriy etish, qayta tiklanadigan va vodorod energetikasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda KOICA va GGGI o‘rtasidagi qiymati 5,6 million AQSh dollariga teng loyiha doirasida Orol dengizi mintaqasining ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik holatini yaxshilash bo‘yicha o‘zaro munosabatlarga alohida e’tibor qaratildi.