Rossiya

Moskvada migrantlar oʻrtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi - video

© Sputnik / Abzal KaliyevDraka, illyustrativnoye foto
Draka, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.07.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Moskvada migrantlar oʻrtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi.
TOSHKENT, 31 iyul — Sputnik. Moskvada migrantlar oʻrtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi.
Voqea poytaxt markazidagi "Troyka" savdo markazida sodir boʻldi.
OAV yozishicha, mojaroda otishma boʻlgan, 20 nafarga yaqin odam qatnashgan, ayrimlar ushlangan. Mahalliy nashrlarga koʻra, mushtlashuvda chet elliklar ishtirok etgan. Jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Avvalroq, RF Ichki ishlar vazirligi ommaviy mushtlashuvlarda ishtirok etadigan chet elliklar mamlakatdan chiqarib yuborilishi va unga kirish taqiqlanishini maʼlum qilgandi.
Eslatib oʻtamiz, 12 iyul kuni Moskvada “Kuzminki” metro bekati oldidagi ommaviy mushtlashuv yuz berdi, unda 200 nafarga yaqin Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston va Turkmanistondan boʻlgan fuqarolar qatnashdi. Shundan soʻng 102 nafar migrant qoʻlga olindi.
Yangiliklar lentasi
0