Bo‘ston tumani hokimi Sadbarxon Mamitova vafot etdi

© Sputnik / Aleksandr Paniotov / Mediabankka o‘tishPrazdnovanie Kurban-bayrama
Prazdnovanie Kurban-bayrama - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.07.2021
Obuna bo‘lish
Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimi Sadbarxon Mamitova vafot etdi.
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimi Sadbarxon Mamitova vafot etdi.
Sadbarxon Mamitova 1966-yil Andijon viloyati Jalaquduq tumanida tug‘ilgan. 1982-1986 yillarda Namangan qishloq xo‘jaligi texnikumida o‘qigan, 1993-yil Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.
Gospital dlya bolnix COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.07.2021
O‘zbekiston: 1400dan ortiq kovid va pnevmoniya, 8 kishi vafot etdi
Mamitova Jalaquduq tumanida turli lavozimlarda mehnat qilgan, 2007-08 yillarda tuman hokimi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi bo‘lgan, 2019-2020 yillarda “Yuksalish” umummilliy harakati Andijon viloyati hududiy bo‘limi rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2019-yil dekabrdagi saylovlarda xalq deputatlari Andijon viloyati kengashiga deputat etib saylangan.
2020 yil 4-mart kunidan hozirgacha Bo‘ston tumani hokimi sifatida faoliyat olib borayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0