https://oz.sputniknews.uz/20210730/toshkentda-1-avgustdan-bir-qancha-avtobus-yonalishlari-ozgartiriladi-19880189.html
Toshkentda 1-avgustdan bir qancha avtobus yo‘nalishlari o‘zgartiriladi
Toshkentda 1-avgustdan bir qancha avtobus yo‘nalishlari o‘zgartiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Yo‘nalishlarni muvofiqlashtirish ishlari natijalari bo‘yicha 2021-yil 1-avgustdan boshlab, 5 ta avtobus yo‘nalishlari harakati qisqartiriladi 30.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-30T09:53+0500
2021-07-30T09:53+0500
2021-07-30T09:53+0500
jamiyat
toshkent
avtobus
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/15/15227230_0:252:3073:1980_1920x0_80_0_0_3bcfd2c351dd1e9abcba373218318af7.jpg
TOShKENT, 30-iyul - Sputnik. Toshkentdagi bir qancha avtobus yo‘nalishiga o‘zgartirish kiritilib, yangilari tashkil etiladi, deya xabar bermoqda "Toshshahartransxizmat".Xabarga ko‘ra, 2021-yil 1-avgust kunidan boshlab, "Toshshahartransxizmat" AJ tarkibidagi avtobus saroylari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan 7 ta avtobus yo‘nalishlari harakatini qisqartirish, 2 ta yangi yo‘nalish ochish, 2 ta yo‘nalish harakatiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida ma’lumot berilgan edi.Harakat yo‘nalishi qisqartirilishi rejalashtirilgan 56, 82, 103-sonli avtobus yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganishlarni o‘tkazish zaruriyati yuzaga kelayotgani sabab, ushbu yo‘nalishlar harakati vaqtinchalik o‘zgartirishsiz qoldiriladi.Bundan tashqari, o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari bo‘yicha 2021-yil 1-avgust kunidan boshlab, 41, 32, 59-sonli avtobus yo‘nalishlari harakatiga ham qisman o‘zgartirishlar kiritiladi. Jumladan:32-sonli Sergeli 6-a dahasi–Gulobod ko‘chasi avtobus yo‘nalishining Erkin mavzesiga harakatlanishi qisqartiriladi va ushbu yo‘nalishning Sergeli 6-a mavzesidan harakatlanishi Yangi Choshtepa mavzesi orqali tashkil etiladi.41-sonli Chilonzor 25-dahasi–Angi Choshtepa mavzesi avtobus yo‘nalishining Yangi Choshtepa mavzesidan Chilonzor buyum bozorigacha bo‘lgan oraliqdagi harakati qisqartiriladi. Endilikda 41-sonli yo‘nalish Chilonzor 25-dahasi–Chilonzor buyum bozori oralig‘ida 5 ta jadval asosida harakatlanadi.Ma’lumot uchun, Yangi Choshtepa mavzesi aholisi uchun yo‘lovchi transporti xizmatlaridan foydalanishdagi uzilishlarning oldini olish maqsadida, 1-avgust kunidan ushbu mavzega 32 va 86-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati yo‘lga qo‘yiladi.59-sonli Sergeli 12-dahasi–Karvon bozori avtobus yo‘nalishining so‘nggi bekati Sergeli 12-dahasi bekatidan Do‘stlik 2-mavzesi avtoshohbekatiga o‘zgartiriladi. Endilikda 59-sonli yo‘nalish Do‘stlik 2-mavzesi–Karvon bozori oralig‘ida harakatlanadi.Yo‘nalishlarni muvofiqlashtirish ishlari natijalari bo‘yicha 2021-yil 1-avgustdan boshlab, 5 ta avtobus yo‘nalishlari harakati qisqartiriladi, 4 ta avtobus yo‘nalishlarining harakatiga o‘zgartirish kiritiladi, 1 ta yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20210614/ozbekistonda-ishlab-chiqarilgan-isuzu-avtobuslari-bishkek-kochalarida-qatnay-boshladi-19229648.html
https://oz.sputniknews.uz/20210224/Toshkentda-ndan-orti-kchada-shimcha-arakat-ynalishlari-ochiladi-16068774.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/15/15227230_39:0:2770:2048_1920x0_80_0_0_8f79661051692c5e41c1affa5b720f9f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, toshkent, avtobus
jamiyat, toshkent, avtobus
Toshkentda 1-avgustdan bir qancha avtobus yo‘nalishlari o‘zgartiriladi
Yo‘nalishlarni muvofiqlashtirish ishlari natijalari bo‘yicha 2021-yil 1-avgustdan boshlab, 5 ta avtobus yo‘nalishlari harakati qisqartiriladi
TOShKENT, 30-iyul - Sputnik. Toshkentdagi bir qancha avtobus yo‘nalishiga o‘zgartirish kiritilib, yangilari tashkil etiladi, deya xabar bermoqda "Toshshahartransxizmat".
Xabarga ko‘ra, 2021-yil 1-avgust kunidan boshlab, "Toshshahartransxizmat" AJ tarkibidagi avtobus saroylari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan 7 ta avtobus yo‘nalishlari harakatini qisqartirish, 2 ta yangi yo‘nalish ochish, 2 ta yo‘nalish harakatiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida ma’lumot berilgan edi.
Harakat yo‘nalishi qisqartirilishi rejalashtirilgan 56, 82, 103-sonli avtobus yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganishlarni o‘tkazish zaruriyati yuzaga kelayotgani sabab, ushbu yo‘nalishlar harakati vaqtinchalik o‘zgartirishsiz qoldiriladi.
Bundan tashqari, o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari bo‘yicha 2021-yil 1-avgust kunidan boshlab, 41, 32, 59-sonli avtobus yo‘nalishlari harakatiga ham qisman o‘zgartirishlar kiritiladi.
32-sonli Sergeli 6-a dahasi–Gulobod ko‘chasi avtobus yo‘nalishining Erkin mavzesiga harakatlanishi qisqartiriladi va ushbu yo‘nalishning Sergeli 6-a mavzesidan harakatlanishi Yangi Choshtepa mavzesi orqali tashkil etiladi.
41-sonli Chilonzor 25-dahasi–Angi Choshtepa mavzesi avtobus yo‘nalishining Yangi Choshtepa mavzesidan Chilonzor buyum bozorigacha bo‘lgan oraliqdagi harakati qisqartiriladi. Endilikda 41-sonli yo‘nalish Chilonzor 25-dahasi–Chilonzor buyum bozori oralig‘ida 5 ta jadval asosida harakatlanadi.
Ma’lumot uchun, Yangi Choshtepa mavzesi aholisi uchun yo‘lovchi transporti xizmatlaridan foydalanishdagi uzilishlarning oldini olish maqsadida, 1-avgust kunidan ushbu mavzega 32 va 86-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati yo‘lga qo‘yiladi.
59-sonli Sergeli 12-dahasi–Karvon bozori avtobus yo‘nalishining so‘nggi bekati Sergeli 12-dahasi bekatidan Do‘stlik 2-mavzesi avtoshohbekatiga o‘zgartiriladi. Endilikda 59-sonli yo‘nalish Do‘stlik 2-mavzesi–Karvon bozori oralig‘ida harakatlanadi.
Yo‘nalishlarni muvofiqlashtirish ishlari natijalari bo‘yicha 2021-yil 1-avgustdan boshlab, 5 ta avtobus yo‘nalishlari harakati qisqartiriladi, 4 ta avtobus yo‘nalishlarining harakatiga o‘zgartirish kiritiladi, 1 ta yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etiladi.