Rossiya harbiylari “Termiz” poligonida jamlanmoqda

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishVoyenno-transportniy samolet VKS Rossii Il-76 MD s meditsinskim oborudovaniyem, prednaznachennim dlya borbi s virusom COVID-19, sovershayet vigruzku na italyanskoy aviabaze "Praktika-li-Mare"
Voyenno-transportniy samolet VKS Rossii Il-76 MD s meditsinskim oborudovaniyem, prednaznachennim dlya borbi s virusom COVID-19, sovershayet vigruzku na italyanskoy aviabaze Praktika-li-Mare - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.07.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya - O‘zbekiston qo‘shma harbiy o‘quv mashqlarida 1,5 mingga yaqin harbiylar ishtirok etishi kutilmoqda.
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Rossiya harbiylari harbiy o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kela boshlashdi, deb xabar qilmoqda Rossiya Markaziy harbiy okrug (qo‘mondonligi.
Harbiy o‘quv-mashg‘ulotlar avgust oyining boshida Afg‘oniston chegarasi yaqinidagi “Termiz” poligonidan bo‘lib o‘tadi.
“Rossiya va O‘zbekiston harbiy kuchlarining qo‘shma o‘quv-mashqlarida ishtirok etish uchun, Markaziy harbiy okrug tinchlikparvar kuchlarining maxsus bo‘linmalari Surxondaryo viloyatidagi “Termiz” poligonida jamlana boshladi”, - deyilgan xabarda.
Samarakning "Kurumoch" aeroportila Rossiya harbiylari kerakli qurol-aslaha va buyumlarini Il-76 harbiy transport samolyotlariga yuklab, barcha bojxona jarayonlarini rasmiylashtirib, Termizga uchib ketishdi.
Harbiy mashg‘ulotlarning amaliy qismi bugun boshlanadi. Askarlar markaziy Osiyo hududining yaxlitligini ta’minlashga qaratilgan o‘quv-mashqlarini bajarishadi, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi oy davomida AQSh qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqilganidan so‘ng, qo‘shni davlatda vaziyat keskin yomonlashdi. Tolibon* kuchlari hukumat qo‘shinlariga hujum qilib, tobora kengroq hududlarni egallab olmoqda. Rossiya, O‘zbekiston va Tojikiston harbiylari Afg‘onistonda jangovar harakatlar turli ssenariylar bo‘yicha rivojlanish ehtimoliga qarshi harbiy o‘quv-mashqlar o‘tkazishmoqda.
* - Rossiya va boshqa davlatlarda ta’qiqlangan radikal harakat.
Yangiliklar lentasi
0