https://oz.sputniknews.uz/20210729/moq-mutasaddilari-boks-hakamlari-faoliyatiga-norozilik-bildirishdi-19876531.html
MOQ mutasaddilari boks hakamlari faoliyatiga norozilik bildirishdi
MOQ mutasaddilari boks hakamlari faoliyatiga norozilik bildirishdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘z ishiga noprofessional yondashgan hakamlar Olimpiya o‘yinlaridan chetlatiladi, lekin bahs natijalari qayta ko‘rib chiqilmaydi. 29.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-29T18:26+0500
2021-07-29T18:26+0500
2021-07-29T18:26+0500
o‘zbekiston tokio olimpiya o‘yinlarida
milliy olimpiya qo‘mitasi
tokio olimpiadasi-2020
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/898/29/8982958_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_7335cd36ae55065c8ff33647f64edc1a.jpg
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Milliy Olimpiada qo‘mitasi mutasaddilari Tokioda Olimpiya o‘yinlarida boks musobaqalarini o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan Morinari Vatanabe bilan uchrashishdi.Uchrashuv davomida boks bellashuvlarning ayrim bahslari yuzasidan e’lon qilingan hakamlar qarorlari keng ommaning noroziligiga sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.Boks musobaqalariga hay’atlik qiluvchi maxsus komissiya ta’kidlashiga ko‘ra, har bir bellashuvda 5 nafar hakamdan tashqari alohida 2 maxsus vakil orqali referilarning qarori nazorat qilib boriladi. Bahs yakunida e’lon qilingan qaror qayta ko‘rib chiqilmaydi.Eslatib o‘tamiz, ushbu Olimpiya o‘yinlarida boks bahslarini o‘tkazish Xalqaro bokschilar assotsiatsiyasiga (AIBA) emas, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) tomonidan tuzilgan maxsus komissiyaga topshirilgan. Unga esa Xalqaro gimnastika federatsiyasi prezidenti, yaponiyalik Morinari Vatanabe rahbarlik qilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/898/29/8982958_150:0:1050:675_1920x0_80_0_0_67839752fd20efa5c276e126864a760e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston tokio olimpiya o‘yinlarida, milliy olimpiya qo‘mitasi, tokio olimpiadasi-2020
o‘zbekiston tokio olimpiya o‘yinlarida, milliy olimpiya qo‘mitasi, tokio olimpiadasi-2020
MOQ mutasaddilari boks hakamlari faoliyatiga norozilik bildirishdi
O‘z ishiga noprofessional yondashgan hakamlar Olimpiya o‘yinlaridan chetlatiladi, lekin bahs natijalari qayta ko‘rib chiqilmaydi.
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Milliy Olimpiada qo‘mitasi mutasaddilari Tokioda Olimpiya o‘yinlarida boks musobaqalarini o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan Morinari Vatanabe bilan uchrashishdi.
Uchrashuv davomida boks bellashuvlarning ayrim bahslari yuzasidan e’lon qilingan hakamlar qarorlari keng ommaning noroziligiga sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.
Boks musobaqalariga hay’atlik qiluvchi maxsus komissiya ta’kidlashiga ko‘ra, har bir bellashuvda 5 nafar hakamdan tashqari alohida 2 maxsus vakil orqali referilarning qarori nazorat qilib boriladi. Bahs yakunida e’lon qilingan qaror qayta ko‘rib chiqilmaydi.
Janglarda shubhali holatlar alohida o‘rganib boriladi va o‘z ishiga noprofessional yondashgan hakamlar Olimpiya o‘yinlaridan chetlatilish va uyiga jo‘natib yuborilishi belgilab qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu Olimpiya o‘yinlarida boks bahslarini o‘tkazish Xalqaro bokschilar assotsiatsiyasiga (AIBA) emas, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) tomonidan tuzilgan maxsus komissiyaga topshirilgan. Unga esa Xalqaro gimnastika federatsiyasi prezidenti, yaponiyalik Morinari Vatanabe rahbarlik qilmoqda.