O‘zbekistonning Moskvadagi savdo vakolatxonasi nima bilan shug‘ullanadi?

Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2021
Obuna bo‘lish
Savdo vakolatxonasi rahbari lavozimi bo‘yicha O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi maslahatchisi lavozimiga tenglashtiriladi.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Moskvada Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining vakolatxonasi tashkil qilinadi. Bu haqida Vazirlar Mahkamasining 27-iyul knui qabul qilingan qarorida aytib o‘tilgan.
Qarorda aytilishiga ko‘ra, Savdo vakolatxonasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
1.
Oliy darajali tashriflar yakuni bo‘yicha yo‘l xaritalariga kiritilgan aniq loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini ta’minlash;
2.
Rossiyaning yirik korxonalari, investitsiya va moliya institutlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish;
3.
Rossiyada O‘zbekistonga jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmini oshirish;
4.
Rossiyaga O‘zbekiston tovar va xizmatlar eksporti hajmini oshirish va tarkibini diversifikatsiya qilish;
5.
Ikki mamlakat tadbirkorlari orasida hamkorlikni faollashtirish; Hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, sanoat ko‘rgazmalari tashkil qilish;
Qarorda, shuningdek, Vakolatxonada jami 7 kishi faoliyat yuritishi aytib o‘tilgan. Ulardan 2 nafar investitsiyalar bo‘yicha menedjer, 2 nafari tashqi savdo bo‘yicha menedjer, bir nafar moliya institutlari bilan ishlash menedjeri, hisobchi va rahbar bo‘lishi tayinlangan.
Savdo vakolatxonasi rahbari lavozimi bo‘yicha O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi maslahatchisi lavozimiga tenglashtirilgani aytib o‘tilgan.
Yangiliklar lentasi
0