O‘zbekistonga AQShdan Moderna vaksinasi olib kelinadi

© Michael Clevenger/Pool via REUTERSKorobki s vaksinoy ot COVID-19 kompanii Moderna
Korobki s vaksinoy ot COVID-19 kompanii Moderna - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga AQShdan 3 million doza Moderna vaksinasi olib kelinadi.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Moderna vaksinalari 29-iyul kuni Alabamadan maxsus reys bilan yetkazib beriladi, deb xabar qildi “Dunyo” AA.
Vaksina COVAX dasturi doirasida bepul taqdim etiladi.
 Vaksinatsiya ot COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2021
Toshkentda o‘zbek-xitoy vaksinasini ishlab chiqarish boshlanadi
Sentabr oyi oxirigacha 4,8 milliondan ortiq doza vaksina olib kelinishi kutilmoqda, jumladan AstraZeneca, Moderna, Anhui Zhifei Longcom va “Sputnik V”.
Avvalroq Rossiya Xavfsizlik Kengashi kotibi o‘rinbosari Rashid Nurgaliyev O‘zbekistonda yaqin vaqt ichida "Sputnik V" vaksinasini ishlab chiqarish boshlanishini ma’lum qilgandi.
O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi va Xitoyning Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi kelishuviga binoan avgust oyida Toshkentda o‘zbek-xitoy vaksinasini ishlab chiqarish boshlanadi.
Yangiliklar lentasi
0