https://oz.sputniknews.uz/20210727/ozbekistonda-yaqin-vaqt-ichida-sputnik-vni-ishlab-chiqarish-boshlanadi---nurgaliev-19835294.html
O‘zbekistonda yaqin vaqt ichida "Sputnik V"ni ishlab chiqarish boshlanadi - Nurgaliyev
O‘zbekistonda yaqin vaqt ichida "Sputnik V"ni ishlab chiqarish boshlanadi - Nurgaliyev
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston MDH hududida "Sputnika V" vaksinasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan uchinchi davlat bo‘ladi. 27.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-27T09:54+0500
2021-07-27T09:54+0500
2021-07-27T09:54+0500
iqtisod
covid-19 umumjahon pandemiyasi
sputnik v vaksinasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/07/19572154_0:105:2407:1459_1920x0_80_0_0_d51ccf5668a89bf7fb70a1e98bffc09d.jpg
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda yaqin vaqt ichida Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasini ishlab chiqarish boshlanadi. Bu haqida Xavfsizlik Kengashi kotibi o‘rinbosari Rashid Nurgaliyev xabar qildi.Nurgaliyev “Rossiyskaya gazeta” nashriga bergan intervyusida xabar qilishicha, O‘zbekiston MDH hududida "Sputnika V" vaksinasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan uchinchi davlat bo‘ladi.Kotib o‘rinbosari aytishiga ko‘ra, Rossiya MDH davlatlariga xavfli infeksion kasalliklar va biologik xavflar tarqalishini oldini olishda hamda tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlar oqibatlarni bartaraf etishda yordam berishda davom etadi.“COVID-19 pandemiyasi ushbu masala murakkabligini va MDH bilan hamkorligimizning ustuvor jihatlariga yana bir bor urg‘u berdi. Rossiya birinchi bo‘lib aynan MDH davlatlariga testlar, tibbiy buyumlar yetkazib berdi va har tomonlama metodolrgik va tibbiy ko‘mak ko‘rsatdi”, - dedi Nurgaliyev.MDH davlatlarida "Sputnik V"vaksinasini qo‘llash faol ketmoqda. Bugungi kunda Abxaziya, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldaviya, Tojikiston, Janubiy Osetiya va O‘zbekistonda ushbu vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilgan va faol foydalanilmoqda.Bir necha kun oldin Moskva va Toshkent "Sputnika V" vaksinasini poytaxtdagi Jurabek Laboratories korxonasida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalasini o‘rganayotganliklari haqida kelishuvga erishgani haqida xabar qilingan edi.Dushanba kuni Xitoyning Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda Jurabek Laboratories korxonasida ZF-UZ-VAC2001 o‘zbek-xitoy vaksinasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish haqida kelishib olishgani ma’lum bo‘ldi.
https://oz.sputniknews.uz/20210622/sputnik-v-vaktsinasini-ozbekistonda-qaysi-korxona-ishlab-chiqarishi-malum-boldi--19346546.html
https://oz.sputniknews.uz/20210726/toshkentda-ozbek-xitoy-vaktsinasini-ishlab-chiqarish-boshlanadi-19827193.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/07/19572154_161:0:2246:1564_1920x0_80_0_0_e8a033c97406f41b93b76b72867e08f1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, covid-19 umumjahon pandemiyasi, sputnik v vaksinasi
iqtisod, covid-19 umumjahon pandemiyasi, sputnik v vaksinasi
O‘zbekistonda yaqin vaqt ichida "Sputnik V"ni ishlab chiqarish boshlanadi - Nurgaliyev
O‘zbekiston MDH hududida "Sputnika V" vaksinasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan uchinchi davlat bo‘ladi.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda yaqin vaqt ichida Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasini ishlab chiqarish boshlanadi. Bu haqida Xavfsizlik Kengashi kotibi o‘rinbosari Rashid Nurgaliyev xabar qildi.
Nurgaliyev “Rossiyskaya gazeta” nashriga bergan intervyusida xabar qilishicha, O‘zbekiston MDH hududida "Sputnika V" vaksinasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan uchinchi davlat bo‘ladi.
“Belarus va Qozog‘istonda Rossiya texnologiyalari asosida "Sputnika V"ni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbekistonda ham yaqin vaqt ichida ishlab chiqarish boshlanadi”, - dedi Nurgaliyev.
Kotib o‘rinbosari aytishiga ko‘ra, Rossiya MDH davlatlariga xavfli infeksion kasalliklar va biologik xavflar tarqalishini oldini olishda hamda tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlar oqibatlarni bartaraf etishda yordam berishda davom etadi.
“COVID-19 pandemiyasi ushbu masala murakkabligini va MDH bilan hamkorligimizning ustuvor jihatlariga yana bir bor urg‘u berdi. Rossiya birinchi bo‘lib aynan MDH davlatlariga testlar, tibbiy buyumlar yetkazib berdi va har tomonlama metodolrgik va tibbiy ko‘mak ko‘rsatdi”, - dedi Nurgaliyev.
MDH davlatlarida "Sputnik V"vaksinasini qo‘llash faol ketmoqda. Bugungi kunda Abxaziya, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldaviya, Tojikiston, Janubiy Osetiya va O‘zbekistonda ushbu vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilgan va faol foydalanilmoqda.
Bir necha kun oldin Moskva va Toshkent "Sputnika V" vaksinasini poytaxtdagi Jurabek Laboratories korxonasida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalasini o‘rganayotganliklari haqida kelishuvga erishgani haqida xabar qilingan edi.
Dushanba kuni Xitoyning Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda Jurabek Laboratories korxonasida ZF-UZ-VAC2001 o‘zbek-xitoy vaksinasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish haqida kelishib olishgani ma’lum bo‘ldi.