O‘zbekiston va Rossiya Afg‘oniston yo‘nalishida hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldi

© MID Uzbekistana27 iyulya 2021 goda Spetsialniy predstavitel Prezidenta Respubliki Uzbekistan po Afganistanu Ismatulla Irgashev provel vstrechu s Chrezvichaynim i Polnomochnim Poslom Rossiyskoy Federatsii Olegom Malginovim
27 iyulya 2021 goda Spetsialniy predstavitel Prezidenta Respubliki Uzbekistan po Afganistanu Ismatulla Irgashev provel vstrechu s Chrezvichaynim i Polnomochnim Poslom Rossiyskoy Federatsii Olegom Malginovim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya elchisi O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Bugun O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Rossiya Federatsiyasining mamlakatdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi.
Muloqotda Afg‘onistondagi mavjud vaziyat va xalqaro hamjamiyatning sa’y-harakatlari, shuningdek, afg‘on masalasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish boʻyicha atroflicha fikr almashildi.
Afganskie bejensi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2021
"Bu boshlanishi": yuz minglab afg‘on qochqinlari toliblar hujumi va AQSh bombardimoni oqibatidir
Rossiya elchisi Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlikni o‘rnatishda, shuningdek, mintaqaviy integratsiya jarayonlariga mazkur davlat ishtirokini ta’minlashda O‘zbekistonning muhim rolini ta’kidladi.
O.Malginov ikki tomonlama munosabatlarni yuqori baholadi. Shuningdek, natijalari mintaqalararo aloqani mustahkamlashga xizmat qiladigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasini (2021-yil 15-16-iyul) muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi.
Yangiliklar lentasi
0