https://oz.sputniknews.uz/20210727/ogir-kasallarning-aksariyati-ozini-ozi-davolash-bilan-shugullanganlar--zangiota-direktori-19836191.html
Og‘ir kasallarning aksariyati o‘zini o‘zi davolash bilan shug‘ullanganlar – Zangiota direktori
Og‘ir kasallarning aksariyati o‘zini o‘zi davolash bilan shug‘ullanganlar – Zangiota direktori
Sputnik O‘zbekiston
O‘zini o‘zi davolash bemorlarning umumiy holatini yanada og‘irlashtirib, kasallikka qarshi kurashayotgan shifokorlarga ham katta qiyinchilik tug‘dirmoqda - Husanov. 27.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-27T10:34+0500
2021-07-27T10:34+0500
2021-07-27T10:34+0500
jamiyat
covid-19 umumjahon pandemiyasi
shifoxona
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/17/16059936_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_b88522856abad6a78639c5488d583d6d.jpg
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Zangiota 1-yuqumli kasalliklar shifoxonasiga og‘ir ahvolda olib kelinayotgan bemorlarning aksariyati o‘zini-o‘zi davolash bilan shug‘ullanganlar, dedi ushbu shifoxona direktori Anvar Husanov.Husanov aytishiga ko‘ra, bunday o‘z-o‘zini davolash bemorlarning umumiy holatini yanada og‘irlashtirib, kasallikka qarshi kurashayotgan shifokorlarga ham katta qiyinchilik tug‘dirmoqda. Shu sababli ham shifokor fuqarolardan faqat mutaxassis-shifokorlarga murojaat qilib, ularning tavsifsiga ko‘ra davolanishni so‘rab qolgan.Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bo‘yicha antirekord har kuni yangilanmoqda. 26-iyul kuni yana 789 kishida koronavirus va 521 kishida pnevmoniya aniqlangan. Vafot etganlar soni 6 kishini tashkil qilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/17/16059936_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_4391f8bb94a4c981c48a21374800034d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, covid-19 umumjahon pandemiyasi, shifoxona
jamiyat, covid-19 umumjahon pandemiyasi, shifoxona
Og‘ir kasallarning aksariyati o‘zini o‘zi davolash bilan shug‘ullanganlar – Zangiota direktori
O‘zini o‘zi davolash bemorlarning umumiy holatini yanada og‘irlashtirib, kasallikka qarshi kurashayotgan shifokorlarga ham katta qiyinchilik tug‘dirmoqda - Husanov.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Zangiota 1-yuqumli kasalliklar shifoxonasiga og‘ir ahvolda olib kelinayotgan bemorlarning aksariyati o‘zini-o‘zi davolash bilan shug‘ullanganlar, dedi ushbu shifoxona direktori Anvar Husanov.
“Bugungi kunda bizga juda ko‘p bemorlar og‘ir ahvolda olib kelinmoqda. Ularning aksariyati uyda, kimlarnidir tavsiyasiga ko‘ra yokin internet tarmoqlaridan qandaydir dori-darmonlar, antibiotiklar, gormonoterapiya, pulsoterapiya qilib davolanib, ming afsus, kasallikning 5-6 kunida juda og‘ir ahvolga tushib qolib bizga olib kelinmoqda”, - deydi shifokor.
Husanov aytishiga ko‘ra, bunday o‘z-o‘zini davolash bemorlarning umumiy holatini yanada og‘irlashtirib, kasallikka qarshi kurashayotgan shifokorlarga ham katta qiyinchilik tug‘dirmoqda. Shu sababli ham shifokor fuqarolardan faqat mutaxassis-shifokorlarga murojaat qilib, ularning tavsifsiga ko‘ra davolanishni so‘rab qolgan.
“Koronavirusning birinchi belgilari, isitma ko‘tarilishi, tomoq og‘rishi, tana qaqshab og‘rishi, yo‘tal alomatlari payqagan zahotiyoq – o‘z poliklinikangizga, mobil brigadalarga yoki 103 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib. Mutaxassislar tavsiyasini olish va belgilangan muojalarni olishingizni iltimos qilaman. O‘zingizni va yaqinlarningizni ehtiyot qiling”, - deydi Anvar Husanov.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bo‘yicha antirekord har kuni yangilanmoqda. 26-iyul kuni yana 789 kishida koronavirus va 521 kishida pnevmoniya aniqlangan. Vafot etganlar soni 6 kishini tashkil qilmoqda.