MISiS filialida kirish imtihonlari boshlandi

© Press-slujba MISiSVstupitelnie ekzameni v filiale MISiS v Uzbekistane
Vstupitelnie ekzameni v filiale MISiS v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 27-iyul - Sputnik. Joriy yilning 26-iyul kuni Olmaliq shahridagi Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti - "MISiS" ning Olmaliq filialiga kirish imtihonlari boshlandi.
"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJga qarashli "AKMK" sport majmuasining stadionida o‘tkazilayotgan imtihonlar 26-30 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Milliy texnologik tadqiqotlar universitetining Olmaliq filialiga 1276 nafar abituriyent hujjat topshirgan.
© Press-slujba MISiSVstupitelnie ekzameni v filiale MISiS v Uzbekistane
Vstupitelnie ekzameni v filiale MISiS v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2021
Vstupitelnie ekzameni v filiale MISiS v Uzbekistane
Qayd etilishicha, imtihonlar "Matematika", "Fizika" va "Rus tili" fanlaridan yozma ravishda o‘tkazilmoqda. Jarayon shaffof va obyektiv o‘tishini ta’minlash maqsadida filialning professor-o‘qituvchilari, "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJning vakillaridan xamda OAV vakillaridan iborat kuzatuvchilar tomonidan nazorat qilinmoqda.
Imtihondan avval "AKMK" stadionining kirish joylariga videokuzatuv uskunalari, yoritish moslamalari o‘rnatilgan.
© Press-slujba MISiSVstupitelnie ekzameni v filiale MISiS v Uzbekistane
Vstupitelnie ekzameni v filiale MISiS v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2021
Vstupitelnie ekzameni v filiale MISiS v Uzbekistane
Eslatib o‘tamiz, joriy yilda O‘zbekistonda test sinovlari stadionlar va xiyobonlarda o‘tkazilishi tasdiqlangan.
Shuni takidlash joizki, Filialga 2021-2022 o‘quv yiliga kunduzgi ta’lim shakliga 200 nafar va sirtqi ta’lim shakliga 150 nafar talaba qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim kvotalarini belgilash komissiyasi tomonidan belgilangan va kunduzgi ta’lim shaklidagi talabalarning 40 foizi davlat granti asosida ta’lim olishadi.
Hozirgi kunda filialda 500 nafar talaba "Konchilik ishi", "Metallurgiya" va "Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)" yo‘nalishlarida tahsil olmoqda.
MISiS - O‘zbekiston prezidentining 2018-yil 11-maydagi “Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi "Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti "MISiS"ning Olmaliq shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” gi qaroriga asosan tashkil etilgan.
Yangiliklar lentasi
0