https://oz.sputniknews.uz/20210726/ozbekistonga-beshinchi-afrosiyob-poezdi-olib-kelindi-19824222.html
O‘zbekistonga beshinchi "Afrosiyob" poyezdi olib kelindi
O‘zbekistonga beshinchi "Afrosiyob" poyezdi olib kelindi
Sputnik O‘zbekiston
Dastlab, yangi poyezd maxsus yuk kemada 4000 km masofani bosib o‘tib, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga yetkazilgan edi. 26.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-26T11:11+0500
2021-07-26T11:11+0500
2021-10-20T15:57+0500
jamiyat
toshkent
tezurar poyezd
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1415/55/14155532_860:319:2830:1427_1920x0_80_0_0_21ff031b80f3dd9a01936a6de5b22f83.jpg
TOShKENT, 26-iyul - Sputnik. Ispaniyaning "Patentes Talgo S.L.U." kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan "Afrosiyob"ning yangi poyezdi Toshkentga olib kelindi.Harakat tarkibi iyul oyi boshida Ispaniyaning Bilbao shahridan Toshkentga jo‘natilgan edi.Dastlab, yangi poyezd maxsus yuk kemada 4000 km masofani bosib o‘tib, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga olib kelindi. U yerda harakat tarkibining barcha vagon va lokomotivlari yig‘ilib, yaxlit holatga keltirilganidan so‘ng, 20-iyul kuni temir yo‘l orqali O‘zbekistonga jo‘natildi. Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasi hududlaridan yana 4200 km masofani bosib o‘tib, nihoyat 24-iyul kuni kechki payt Toshkentga yetkazildi.Eslatib o‘tamiz, ushbu rusumdagi poyezd O‘zbekistonda beshinchi bo‘lib hisoblanmoqda. Joriy yil yakuniga qadar yana bitta shu turdagi yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezd keltiriladi.Hozirgi vaqtda O‘zbekiston rivojlangan yuqori tezlikdagi temir yo‘l infratuzilmasiga ega bo‘lgan 20 dunyo mamlakatlari ro‘yxatidan o‘rin olgan bo‘lib, dunyoning yuqori tezlikdagi poyezdlari reytingi (Global High-Speed Train Ranking)ga kiritilgan Markaziy Osiyoning yagona mamlakati hisoblanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20210713/toshkent-metrosi-yana-10-ta-rossiya-poezdlari-bilan-toldiriladi-19662133.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1415/55/14155532_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_75384dc3afda2efb339498288086a95f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, toshkent, tezurar poyezd
jamiyat, toshkent, tezurar poyezd
O‘zbekistonga beshinchi "Afrosiyob" poyezdi olib kelindi
11:11 26.07.2021 (yangilandi: 15:57 20.10.2021) Dastlab, yangi poyezd maxsus yuk kemada 4000 km masofani bosib o‘tib, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga yetkazilgan edi.
TOShKENT, 26-iyul - Sputnik. Ispaniyaning "Patentes Talgo S.L.U." kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan "Afrosiyob"ning yangi poyezdi Toshkentga olib kelindi.
Harakat tarkibi iyul oyi boshida Ispaniyaning Bilbao shahridan Toshkentga jo‘natilgan edi.
Dastlab, yangi poyezd maxsus yuk kemada 4000 km masofani bosib o‘tib, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga olib kelindi. U yerda harakat tarkibining barcha vagon va lokomotivlari yig‘ilib, yaxlit holatga keltirilganidan so‘ng, 20-iyul kuni temir yo‘l orqali O‘zbekistonga jo‘natildi. Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasi hududlaridan yana 4200 km masofani bosib o‘tib, nihoyat 24-iyul kuni kechki payt Toshkentga yetkazildi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu rusumdagi poyezd O‘zbekistonda beshinchi bo‘lib hisoblanmoqda. Joriy yil yakuniga qadar yana bitta shu turdagi yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezd keltiriladi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston rivojlangan yuqori tezlikdagi temir yo‘l infratuzilmasiga ega bo‘lgan 20 dunyo mamlakatlari ro‘yxatidan o‘rin olgan bo‘lib, dunyoning yuqori tezlikdagi poyezdlari reytingi (Global High-Speed Train Ranking)ga kiritilgan Markaziy Osiyoning yagona mamlakati hisoblanadi.