https://oz.sputniknews.uz/20210725/jahongir-otajonov-ishi-sudga-oshirildi-19815341.html
Jahongir Otajonov ishi sudga oshirildi
Jahongir Otajonov ishi sudga oshirildi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent IIBB Jahongir Otajonovga nisbatan ochilgan ishni sudga yubordi. 25.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-25T10:37+0500
2021-07-25T10:37+0500
2021-07-25T10:40+0500
jamiyat
toshkent
iibb
jahongir otajonov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1261/22/12612201_0:160:1000:723_1920x0_80_0_0_7f8d875706e9a9d916ee095c77607d41.jpg
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Jahongir Otajonovga nisbatan ochilgan ish sudga yuborildi, deb xabar qildi poytaxt IIBB matbuot xizmati.Xabarda aytilishicha, Jahongir Otajanov Ichki ishlar vazirligi tizimi xodimlarini haqorat qilgan videomurojaatini joylashtirib, xodimlarning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan taxqirlagan. Uning xatti-harakatlariga qonuniy baho berish maqsadida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida, u yuqoridagi videomurojaatida aytib o‘tgan haqoratli gaplarni jahl ustida aytganini, Respublika hukumati va ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan hech qanday shaxsiy adovati yo‘qligini ta’kidlab, qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan.Qayd etilishicha, uning qilmishida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi (Haqorat qilish)da ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi sababli to‘plangan hujjatlar 23-iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudiga taqdim etildi.
https://oz.sputniknews.uz/20210629/davlat-organlari-xizmatchilarini-haqorat-qilgan-jahongir-otajanovning-harakati--tekshiriladi-19455921.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1261/22/12612201_0:67:1000:817_1920x0_80_0_0_d3d8038ba75451c25f549b5cfbd5d789.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, toshkent, iibb, jahongir otajonov
jamiyat, toshkent, iibb, jahongir otajonov
Jahongir Otajonov ishi sudga oshirildi
10:37 25.07.2021 (yangilandi: 10:40 25.07.2021) Toshkent IIBB Jahongir Otajonovga nisbatan ochilgan ishni sudga yubordi.
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Jahongir Otajonovga nisbatan ochilgan ish sudga yuborildi, deb
xabar qildi poytaxt IIBB matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, Jahongir Otajanov Ichki ishlar vazirligi tizimi xodimlarini haqorat qilgan videomurojaatini joylashtirib, xodimlarning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan taxqirlagan. Uning xatti-harakatlariga qonuniy baho berish maqsadida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida, u yuqoridagi videomurojaatida aytib o‘tgan haqoratli gaplarni jahl ustida aytganini, Respublika hukumati va ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan hech qanday shaxsiy adovati yo‘qligini ta’kidlab, qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan.
Qayd etilishicha, uning qilmishida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi (Haqorat qilish)da ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi sababli to‘plangan hujjatlar 23-iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudiga taqdim etildi.