Avgust boshida Amerikadan yana 3 mln doza vaksina olib kelinadi - prezident

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2021
Obuna bo‘lish
Pandemiya og‘ir keldi, shifoxonalarimiz to‘lib ketgan. Bir vaqtlar ularni yopgan edik, dedi Shavkat Mirziyoyev.
TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev aholini befarq bo‘lmaslika va emlanishga jiddiy munosabat bilan yondashishga chaqirdi.
"Fursatdan foydalanib xalqimizga murojaat qilmoqchiman. Nuroniylarimizga, farzandlarimizga, hammaga. Pandemiya o‘zining nimalarga qodir ekanini ko‘rsatmoqda. Bu ko‘rinmas dushman biz bilan juda qattiq kurash olib bormoqda. Shuning uchun vaksinatsiya, vaksinatsiya va yana bir marta vaksinatsiya. Biz juda katta mashaqqatlar bilan bu vaksialarni olib kelmoqdamiz.

4 avgust kuni yana 3 mln doza Amerikadan keladigan bo‘ldi. Bugun Respublikada 2,5 mln doza vaksina bor, lekin odamlarimiz bu vaksinaga ishonmayapti. Bu esa oramizda juda katta yo‘qotishlarga olib kelmoqda.

Befarq bo‘lmaylik, intizomli bo‘laylik. Oramizda ko‘rinmas dushman yuribdi. Bu yil pandemiya og‘ir keldi. Bir vaqtlar ularni yopgan shifoxonalarimiz yana to‘lib ketgan. Uni qachon tugashini ham hech kim bilmaydi", - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondan 1-apreldan ommaviy vaksinatsiya boshlangan. Fuqarolar Xitoying Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutica, Rossiyaning "Sputnik V" yoki AstraZeneca vaksinalari yordamida emlanmoqda.Birinchi navbatda kasallik xavfli bo‘lgan keksa yoshli fuqarolar emlangan bo‘lsa, hozir 18 yoshdan yuqori bo‘lgan barcha fuqarolar yoppasiga emlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0