https://oz.sputniknews.uz/20210723/ozbekiston-prezidenti-saylovi-kuni-rasman-belgilandi--19795962.html
O‘zbekiston prezidenti saylov kampaniyasiga rasman start berildi
O‘zbekiston prezidenti saylov kampaniyasiga rasman start berildi
Sputnik O‘zbekiston
Markaziy saylov komissiyasi 2021-yil 24-oktabrni O‘zbekiston prezidenti saylovi kuni deb rasman e’lon qildi. 23.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-23T10:57+0500
2021-07-23T10:57+0500
2021-07-23T11:53+0500
jamiyat
o‘zbekistonda prezident saylovlari-2021
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/17/19797005_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_6e137b9c8ec71398bcfdc1249bd85250.jpg
TOShKENT, 23-iyul – Sputnik. Bugun O‘zbekistonda prezident saylov kampaniyasi rasman boshlandi. Bu haqida Markaziy saylov komissiyasining Simpoziumlar saroyida bo‘lib o‘tgan majlisida xabar qilindi, Sputnik muxbiriga asosan.Bu safargi prezident saylovlari, umumjahon miqyosida qabul qilingan xalqaro standartlarga mos keluvchi, yangi milliy saylov qonunchiligi hamda demokratiya va ochiqlik tamoyillari asosida bo‘lib o‘tadi, dedi MSK raisi Zayniddik Nizamxodjayev. Prezident saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish jarayonini siyosiy partiya vakillari, fuqarolar o‘z-o‘zini boshqarish organlari, xalqaro tashkiloat va xorijiy davlat vakillari hamda mahalliy va xorijiy jurnalistlar kuzatib borishadi. Majlisda, shuningdek, Markaziy saylov komissiyasining matbuot markazi hamda hududiy bo‘linmalari tashkil qilinishi e’lon qilindi hamda mazkur Markazning nizomi tasdiqlandi.Matbuot markazi Toshkent shahar Navoiy ko‘chasi 1-uyda Ma’rifat markazi va Simpoziumlar binosida joylashadi. Bu yerda jurnalistlar, huquqshunoslar, tarjimonlar, ekspertlar va boshqa mutaxassislardan iborat 7ta guruh faoliyat olib boradi. Shuningdek, markaz “Saylov 2021” veb saytini yuritilishini ta’minlaydi.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga kiritilgan o‘zgarishga muvofiq prezidenti saylovi 2021-yilning 24 oktabida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonda oldingi prezident saylovi 2016-yilning 4-dekabrida bo‘lib o‘tgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/17/19797005_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_be6d4a15cc882ade700a9e34f42bffa2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekistonda prezident saylovlari-2021
jamiyat, o‘zbekistonda prezident saylovlari-2021
O‘zbekiston prezidenti saylov kampaniyasiga rasman start berildi
10:57 23.07.2021 (yangilandi: 11:53 23.07.2021) Markaziy saylov komissiyasi 2021-yil 24-oktabrni O‘zbekiston prezidenti saylovi kuni deb rasman e’lon qildi.
TOShKENT, 23-iyul – Sputnik. Bugun O‘zbekistonda prezident saylov kampaniyasi rasman boshlandi. Bu haqida Markaziy saylov komissiyasining Simpoziumlar saroyida bo‘lib o‘tgan majlisida xabar qilindi, Sputnik muxbiriga asosan.
“2021 yil 23-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda yirik siyosiy jarayon O‘zbekiston prezidenti sayloviga start berildi”, - deyilgan xabarda.
Bu safargi prezident saylovlari, umumjahon miqyosida qabul qilingan xalqaro standartlarga mos keluvchi, yangi milliy saylov qonunchiligi hamda demokratiya va ochiqlik tamoyillari asosida bo‘lib o‘tadi, dedi MSK raisi Zayniddik Nizamxodjayev.
Prezident saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish jarayonini siyosiy partiya vakillari, fuqarolar o‘z-o‘zini boshqarish organlari, xalqaro tashkiloat va xorijiy davlat vakillari hamda mahalliy va xorijiy jurnalistlar kuzatib borishadi.
Majlisda, shuningdek, Markaziy saylov komissiyasining matbuot markazi hamda hududiy bo‘linmalari tashkil qilinishi e’lon qilindi hamda mazkur Markazning nizomi tasdiqlandi.
Matbuot markazi Toshkent shahar Navoiy ko‘chasi 1-uyda Ma’rifat markazi va Simpoziumlar binosida joylashadi. Bu yerda jurnalistlar, huquqshunoslar, tarjimonlar, ekspertlar va boshqa mutaxassislardan iborat 7ta guruh faoliyat olib boradi. Shuningdek, markaz “Saylov 2021” veb saytini yuritilishini ta’minlaydi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga kiritilgan o‘zgarishga muvofiq prezidenti saylovi 2021-yilning 24 oktabida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonda oldingi prezident saylovi 2016-yilning 4-dekabrida bo‘lib o‘tgan edi.