Muftiy Usmonxon Alimov Moskvada davolanmoqda

© Upravlenie musulman UzbekistanaUsmonxon Alimov vo vremya vizita v SShA
Usmonxon Alimov vo vremya vizita v SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston muftiysi Usmonxon Alimov Moskvada o‘pka va qon tomirlari kasalliklarini davolash uchun muolajalar olmoqda.
TOShKENT, 23-iyul - Sptunik. O‘zbekiston Musulmonlar idorasi rahbari, muftiy Usmonxon Alimov Moskvada davolanmoqda, deb xabar qildi O‘MI matbuot xizmati.
"Muftiy Usmonxon Alimov ayni kunda Moskva shahrida o‘pka va qon tomir kasalliklari muolajasini o‘tamoqdalar. Hazratning holatlari barqaror. Zarur, barcha chora-tadbirlar malakali shifokorlar tomonidan amalga oshirilmoqda", - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, muftiy Usmonxon Alimov bir necha kun navbatdagi davolanish muolajalarini olayotgani haqida xabar berilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0