https://oz.sputniknews.uz/20210722/toshkent-yordam-sorasa-moskva-bunga-tayyor--rossiya-tiv-19777404.html
Toshkent yordam so‘rasa Moskva bunga tayyor – Rossiya TIV
Toshkent yordam so‘rasa Moskva bunga tayyor – Rossiya TIV
Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston shimolida vazat xavotirli bo‘lib qolmoqda. Bu holat qo‘shni davlatlarni bezovta qilmay qo‘ymaydi. Moskva kerak bo‘lganda Tojikiston va O‘zbekistonga yordam... 22.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-22T12:05+0500
2021-07-22T12:05+0500
2023-04-05T18:34+0500
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
o‘zbekiston
tojikiston
afg‘oniston
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/07/19574837_0:273:1608:1178_1920x0_80_0_0_485b0d5e05843c8f2547ee7d3659e0ac.jpg
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Afg‘oniston borasida Rossiya O‘zbekiston bilan faol muloqotda bo‘lib turibdi va kera bo‘lganda yordam berishga tayyor, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko.Uning so‘zlariga ko‘ra Afg‘oniston ichidagi vaziyat qo‘shnilarni ham xavotirga solmasdan qo‘ymaydi. Ushbu vaziyat Markaziy Osiyo davlatlariga qanday ta’sir qilishi mumkin?Afg‘onsitonda vaziyat xavotirli bo‘lib qolmoqda. AQSh qo‘shinlari olib chiqilganidan so‘ng Tolibon* qishloq hududlarda ko‘p joylarni egallab oldi va yirik shaharlarga hujum boshladi.Rossiya TIVi xabariga ko‘ra, Tolibon Tojikiston bilan chegarani deyarli egallab olgan. Ushbu munosabat bilan Rossiya chegarani mustahkamlash borasida o‘z yordamini taklif qilgan. Hamkorlik ham ikki tomonlama ham KXShT doirasida amalga oshirilmoqda.“Ayni damda tojik-afg‘on chegarasida Rossiya tomonidan beg‘araz ravishda chegara zastavasi qurilishi to‘g‘risida shartnoma imzolanmoqda”, - dedi Rudenko.Rossiya TIV bayonotida Tojikistonga qarshi zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha choralarni ko‘rishishni ma’lum qildi.Eslatib o‘tamiz, so‘nggi oy davomida Tojikistondagi Rossiya 201 harbiy bazasi askarlari hamda Rossiya-O‘zbekiston maxsus bo‘linmalari ishtirokida bir necha o‘quv-mashqlari bo‘lib o‘tdi.* — Rossiya va boshqa davlatlarda ta’qiqlangan terrorchi tashkilot
o‘zbekiston
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/07/19574837_0:0:1609:1206_1920x0_80_0_0_d5384447d7e7fd5803bac4abefb22ef8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, o‘zbekiston, tojikiston, afg‘oniston, rossiya
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, o‘zbekiston, tojikiston, afg‘oniston, rossiya
Toshkent yordam so‘rasa Moskva bunga tayyor – Rossiya TIV
12:05 22.07.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) Afg‘oniston shimolida vazat xavotirli bo‘lib qolmoqda. Bu holat qo‘shni davlatlarni bezovta qilmay qo‘ymaydi. Moskva kerak bo‘lganda Tojikiston va O‘zbekistonga yordam berishga tayyor.
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Afg‘oniston borasida Rossiya O‘zbekiston bilan faol muloqotda bo‘lib turibdi va kera bo‘lganda yordam berishga tayyor, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra Afg‘oniston ichidagi vaziyat qo‘shnilarni ham xavotirga solmasdan qo‘ymaydi. Ushbu vaziyat Markaziy Osiyo davlatlariga qanday ta’sir qilishi mumkin?
"Shu sababli ham biz o‘zbekistonlik hamkasabalarimiz bilan doimiy aloqada bo‘lib turibmiz. Afg‘oniston bilan chegaradosh bo‘lgan O‘zbekiston bizning ittifoqchi va strategik hamkorimizdir. Vaziyat taqozo etganda va O‘zbekiston rahbariyatining murojaatiga asosan, biz do‘stlarimizga yordam ko‘rsatishga tayyormiz”, - dedi Rudenko.
Afg‘onsitonda vaziyat xavotirli bo‘lib qolmoqda. AQSh qo‘shinlari olib chiqilganidan so‘ng Tolibon* qishloq hududlarda ko‘p joylarni egallab oldi va yirik shaharlarga hujum boshladi.
Rossiya TIVi xabariga ko‘ra, Tolibon Tojikiston bilan chegarani deyarli egallab olgan. Ushbu munosabat bilan Rossiya chegarani mustahkamlash borasida o‘z yordamini taklif qilgan. Hamkorlik ham ikki tomonlama ham KXShT doirasida amalga oshirilmoqda.
“Ayni damda tojik-afg‘on chegarasida Rossiya tomonidan beg‘araz ravishda chegara zastavasi qurilishi to‘g‘risida shartnoma imzolanmoqda”, - dedi Rudenko.
Rossiya TIV bayonotida Tojikistonga qarshi zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha choralarni ko‘rishishni ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi oy davomida Tojikistondagi Rossiya 201 harbiy bazasi askarlari hamda Rossiya-O‘zbekiston maxsus bo‘linmalari ishtirokida bir necha o‘quv-mashqlari bo‘lib o‘tdi.
* — Rossiya va boshqa davlatlarda ta’qiqlangan terrorchi tashkilot