Epidemiolog O‘zbekistonda COVID-19 bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishGospital dlya bolnix COVID-19
Gospital dlya bolnix COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2021
Obuna bo‘lish
Epidemiologning aytishicha, 2021-yilning 10-12 iyunidan boshlab Respublikada kun sayin kasallik ko‘rsatkichi har kuniga bir necha holatga ko‘payib borayotgani rost, biroq bu vaziyat juda ham murakkab, deyishga asos bo‘la olmaydi
TOShKENT, 22-iyul - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i boshlig‘i o‘rinbosari, tibbiyot fanlari nomzodi Botir Qurbonov O‘zbekistonda COVID-19 bilan bog‘liq vaziyatga baho berdi.
"O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemik vaziyat murakkabligicha saqlanib qolmoqda. Bu qanchalik xavfli?", - degan savolga javob berar ekan, Qurbonov kasallik ko‘rsatkichi 2021-yilning 10-12 iyunidan boshlab har kuniga bir necha holatga ko‘payib borayotganini tasdiqladi, biroq bu respublikadagi vaziyat juda ham murakkab, deyishga asos bo‘lolmasligini qo‘shimcha qildi.
Lechenie bolnix s COVID-19 v GKB №52 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2021
Antirekord: O‘zbekistonda bir sutkada 719 kishida koronavirus aniqlandi
"Vaziyat juda ham murakkab deb ayta olmayman, chunki qo‘shni davlatlar - masalan, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston Respublikasi, qo‘shni boshqa respublikalar, jumladan Afg‘onistonda ham epidemik vaziyat O‘zbekiston Respublikasiga qaraganda bir muncha mushkulligicha saqlanib qolmoqda", - dedi Qurbonov.
SSV xabariga ko‘ra, 2021-yilning 21-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 122 048 (+719) nafarni tashkil etmoqda. Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 814 nafarni tashkil qilmoqda.
Qurbonovning izoh berishicha, o‘lim holatlariga asosan kasallanganlarning o‘z vaqtida shifoxonaga murojaat qilmasligi sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, surunkali kasalligi bor bemorlar va o‘zboshimchalik bilan davolanayotgan bemorlar orasida ham o‘lim holatlari kuzatilmoqda.
V Tashkente nachali vaksinatsiyu v mestax massovogo skopleniya lyudey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.07.2021
SSV aholining aksariyat qatlamini majburiy vaksinatsiya qilish haqida qaror qabul qildi
Sanitariya va epidemiologik-osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, kasallikka chalinganlarning asosiy qismi – yirik shaharlarda, aholi zich joylashgan hududlarda qayd etilmoqda.
Xususan, Toshkent shahrida har kuni 100dan ortiq kasallik qayd etilayotgan bo‘lsa, poytaxtga chegaradosh bo‘lgan Toshkent viloyatida ham kasallikka chalinganlar ko‘p qayd etilmoqda.
Kasallik qayd etilishi holatlari bo‘yicha Sanepidxizmat tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Surishtiruv xulosalariga ko‘ra, kasallikning asosiy qismi - 95 %ga yaqini - kasallanganlar bilan muloqotda bo‘lganlar, aniqroq qilib aytganda, yaqinlari, qarindoshlari bilan bitta uyda yashovchi shaxslar o‘rtasida, qolaversa, infeksiya o‘choqlarida - kasallik qayd etilgan hudud (manzil)da fuqarolar orasida qayd etilmoqda.
Chetdan kirganlar orasida infeksiyani yuqtirish har kunlik ko‘rsatkichda jami 1-2tagacha holatni tashkil etmoqda, 99% holatda kasallik O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan kasallikka chalingan fuqarolar bilan muloqotda bo‘lganlar orasida kuzatilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0