https://oz.sputniknews.uz/20210722/emlangan-odam-boshqalarga-kovidni-yuqtirishi-mumkinmi---epidemiolog-javobi-19781270.html
Emlangan odam boshqalarga kovidni yuqtirishi mumkinmi - epidemiolog javobi
Emlangan odam boshqalarga kovidni yuqtirishi mumkinmi - epidemiolog javobi
Sputnik O‘zbekiston
Qurbonovning ta’kidlashicha, vaksina olganlar kasallik tashuvchisi bo‘lmaydi. 22.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-22T14:11+0500
2021-07-22T14:11+0500
2021-07-22T14:11+0500
jamiyat
covid-19 umumjahon pandemiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/0e/19671152_0:118:2256:1387_1920x0_80_0_0_baaba2d14d9ea08429981710e4581767.jpg
TOShKENT, 22-iyul - Sputnik. Koronavirusga qarshi emlangan odam vaksina olmaganlarga qanchalik xavf tug‘diradi? Vaksina olganlar virus tashuvchisi bo‘lishi mumkinmi? Sputnik O‘zbekiston muxbiri ushbu savol bilan O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i boshlig‘i o‘rinbosari, tibbiyot fanlari nomzodi Botir Qurbonovga murojaat qildi.Qurbonovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda vaksinatsiya jarayonlariga bugungi kunda alohida e’tibor berilgan bo‘lib, mamlakatda vaksinatsiya jarayoni 1-apreldan boshlangan bo‘lsa, hozirgacha kasallanganlar orasida vaksina olgan-tashuvchilar yoki bo‘lmasa vaksina olgandan so‘ng darhol kasal bo‘lib qolganlar mavjud emas.Qurbonovning ta’kidlab aytishicha, vaksina olganlar kasallik tashuvchisi bo‘lmaydi."Shu bois, emlanganlar boshqalarga kasallikni yuqtirmoqda, degan tushunchadan juda ham yiroq bo‘lishimiz kerak. Emlanmaganlar emlanganlar uchun xavf tug‘dirishi ehtimoli esa yuqori. Shu bois barchaga ijtimoiy masofani saqlash va niqob rejimiga amal qilishni tavsiya etib qolaman", - dedi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati vakili.
https://oz.sputniknews.uz/20210718/ssv-aholining-aksariyat-qatlamini-majburiy-vaktsinatsiya-qilish-haqida-qaror-qabul-qildi-19724314.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/0e/19671152_126:0:2131:1504_1920x0_80_0_0_a0490f9cf6366ba239d3a643ab53650d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, covid-19 umumjahon pandemiyasi
jamiyat, covid-19 umumjahon pandemiyasi
Emlangan odam boshqalarga kovidni yuqtirishi mumkinmi - epidemiolog javobi
Qurbonovning ta’kidlashicha, vaksina olganlar kasallik tashuvchisi bo‘lmaydi.
TOShKENT, 22-iyul - Sputnik. Koronavirusga qarshi emlangan odam vaksina olmaganlarga qanchalik xavf tug‘diradi? Vaksina olganlar virus tashuvchisi bo‘lishi mumkinmi? Sputnik O‘zbekiston muxbiri ushbu savol bilan O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i boshlig‘i o‘rinbosari, tibbiyot fanlari nomzodi Botir Qurbonovga murojaat qildi.
Qurbonovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda vaksinatsiya jarayonlariga bugungi kunda alohida e’tibor berilgan bo‘lib, mamlakatda vaksinatsiya jarayoni 1-apreldan boshlangan bo‘lsa, hozirgacha kasallanganlar orasida vaksina olgan-tashuvchilar yoki bo‘lmasa vaksina olgandan so‘ng darhol kasal bo‘lib qolganlar mavjud emas.
"Odam vaksina olganidan keyin tashuvchiga aylanmaydi. Lekin vaksina olgandan keyin kasallanganlar bor, bu to‘g‘ri. Bundaylarning asosiy qismi vaksina jarayonlarini to‘liq o‘tamagan – ya’ni ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini uchta dozada har 28 kun oralig‘ida qabul qilish ko‘rsatilgan bo‘lsa, bugungi kungacha kasallik qayd etilib, kasalxonaga tushganlarning aksariyati birinchi va ikkinchi dozasini olishga ulgurgan bemorlardir. Bunda vaksina olmaganlar ancha oldin infeksiyani yuqtirib, so‘ngra vaksina olganlarga ham kasallik o‘tganligi kuzatilmoqda", - deya tushuntirdi epidemiolog.
Qurbonovning ta’kidlab aytishicha, vaksina olganlar kasallik tashuvchisi bo‘lmaydi.
"Shu bois, emlanganlar boshqalarga kasallikni yuqtirmoqda, degan tushunchadan juda ham yiroq bo‘lishimiz kerak. Emlanmaganlar emlanganlar uchun xavf tug‘dirishi ehtimoli esa yuqori. Shu bois barchaga ijtimoiy masofani saqlash va niqob rejimiga amal qilishni tavsiya etib qolaman", - dedi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati vakili.