Tokio Olimpiadasi so‘nggi damda ham bekor qilinishi mumkin – tashkiliy qo‘mita

© REUTERS / Eugene Hoshiko/Pool Mer Tokio Yuriko Koike na meropriyatii po sluchayu 100 dney do Oliypiskix igr v Tokio
Mer Tokio Yuriko Koike na meropriyatii po sluchayu 100 dney do Oliypiskix igr v Tokio  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2021
Obuna bo‘lish
Ayni damda Olimpiada ishtirokchilari va delegatsiyalari a’zolari orasida aniqlangan jami koronavirus holatlari 81 kishiga yetgan.
TOShKENT, 21-iyul - Sputnik. Tokio Olimpiadasi ishtirokchilari orasida COVID-19 keskin avj olgan taqdirda O‘yinlar so‘nggi damda ham bekor qilinishi mumkin deb xabar qilmoqda mahalliy tashkiliy qo‘mita rahbari Toshiro Muto, Sky News xabariga asosan.
“Koronavirusga chalinganlar soni necha kishiga yetishini biz bilmaymiz. Lekin vaziyat keskinlashsa biz biror chora ko‘rishimiz kerak bo‘ladi”, - dedi qo‘mita rahbari.
Agar Tokioda kasallik holatlari keskin oshishi kuzatilsa, tashkiliy qo‘mita ushbu masalani muhokama qiladi va kerakli maslahatlashuvlar o‘tkazadi, deb qo‘shimcha qildi amaldor.
Ma’lum bo‘lishicha, ayni damda Oolimpiada ishtirok etishi rejalashtirilgan sportchilar orasida COVID-19ga chalinganlar soni 68 kishiga yetgan. Jami delegatsiya a’zolari orasida esa 81 kishini tashkil qilgan.
Undan tashqari bir qator Olimpiada o‘yinlari homiylari Tokio-2020 ochilish marosimida ishtirok etishdan voz kechishgani ham xabar qilinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0