https://oz.sputniknews.uz/20210720/yurtimiz-tinch-xalqimiz-omon-bolsin-prezident-qurbon-hayit-bilan-tabrikladi-19746798.html
Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin! Prezident Qurbon hayit bilan tabrikladi
Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin! Prezident Qurbon hayit bilan tabrikladi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayit bilan tabriklab, Yer yuzidagi barcha musulmonlarga o‘zbek xalqi nomidan salom yo‘lladi. 20.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-20T09:50+0500
2021-07-20T09:50+0500
2021-07-20T09:50+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
tabrik
qurbon hayiti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/0f/19690840_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_e0ed63bfc8c5e436cabbf678b808532a.jpg
TOShKENT, 20-iyul – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zbekistonliklarni Qurbon hayit bilan tabrikladi.Fursatdan foydalanib, mana shu tabarruk ayyomni bayram qilayotgan yer yuzidagi barcha musulmon ummatiga, xorijiy do‘stlarimiz va hamkorlarimizga xalqimiz nomidan samimiy salom va tabriklarimizni yo‘llaymiz”, - deyilgan Prezident tabrik so‘zida.Shuningdek Shavkat Mirziyoyev o‘z tabrigida so‘nggi yilllarda O‘zbekistonda islom ma’naviyatini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi. Xususan, Xalqaro islom akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Hadis ilmi maktabi va Mir Arab oliy madrasasi kabi yangi muassasalarning tashkil etilgani qayd etilgan.Undan tashqari Prezident so‘nggi oyda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun ham fuqarolarning diniy erkinliklarini to‘liq ta’minlashiga xizmat qilishi aytib o‘tildi.Tabrik so‘zida Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston diniy ulamolarining hayit namozini o‘z uyida ado etish taklifini - pandemiya sharoitiga muvofiq ekanini va u aholi salomatligini asrashga qaratilganini aytib o‘tdi.“Siz, azizlarni muborak Qurbon hayiti bilan yana bir bor chin dildan qutlab, barchangizga Alloh taolodan sihat-salomatlik, baxtu saodat, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka tilayman”, - deyilgan tabrik so‘zida.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/0f/19690840_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_7b2d888658b78a869076d9f32051513c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, tabrik, qurbon hayiti
jamiyat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, tabrik, qurbon hayiti
Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin! Prezident Qurbon hayit bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayit bilan tabriklab, Yer yuzidagi barcha musulmonlarga o‘zbek xalqi nomidan salom yo‘lladi.
TOShKENT, 20-iyul – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zbekistonliklarni Qurbon hayit bilan
tabrikladi.
“Qalblarimiz fayzu ilohiy shukuhga to‘lib turgan ushbu ulug‘ kunda yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni, butun xalqimizni tinchlik, shukronalik, mehr-oqibat va saxovat ramzi bo‘lgan muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan tabriklab, o‘zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni bildirishdan g‘oyat mamnunman.
Fursatdan foydalanib, mana shu tabarruk ayyomni bayram qilayotgan yer yuzidagi barcha musulmon ummatiga, xorijiy do‘stlarimiz va hamkorlarimizga xalqimiz nomidan samimiy salom va tabriklarimizni yo‘llaymiz”, - deyilgan Prezident tabrik so‘zida.
Shuningdek Shavkat Mirziyoyev o‘z tabrigida so‘nggi yilllarda O‘zbekistonda islom ma’naviyatini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi. Xususan, Xalqaro islom akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Hadis ilmi maktabi va Mir Arab oliy madrasasi kabi yangi muassasalarning tashkil etilgani qayd etilgan.
Undan tashqari Prezident so‘nggi oyda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun ham fuqarolarning diniy erkinliklarini to‘liq ta’minlashiga xizmat qilishi aytib o‘tildi.
Tabrik so‘zida Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston diniy ulamolarining hayit namozini o‘z uyida ado etish taklifini - pandemiya sharoitiga muvofiq ekanini va u aholi salomatligini asrashga qaratilganini aytib o‘tdi.
“Siz, azizlarni muborak Qurbon hayiti bilan yana bir bor chin dildan qutlab, barchangizga Alloh taolodan sihat-salomatlik, baxtu saodat, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka tilayman”, - deyilgan tabrik so‘zida.