Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Rosselxoznadzor yana O‘zbekistondan olib kelingan pomidorlarda virus aniqladi

Tomati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2021
Obuna bo‘lish
Rosselxoznadzor O‘zbekistonning yana bir viloyatidan pomidor yetkazib berishni chekladi.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Rosselxoznadzor Toshkent viloyatidan Rossiyaga pomidor va qalampir olib kelish bo‘yicha vaqtinchalik cheklov joriy qildi. Choralar 22-iyuldan kuchga kiradi.
Cheklovning sababi – bu viloyatdan olib kelingan pomidorlarda jigarrang burushiqlik (ToBRFV) va (Pepino mosaic virus) viruslari aniqlandi.
O‘tgan hafta 15-iyuldan boshlab RF nazorat idorasi Buxoro viloyatidan pomidor va qalampir olib kelish bo‘yicha cheklov kiritgandi.
Hozir sabzavotlarni bir qator viloyatlardan yetkazib berishda cheklovlar mavjud - choralar tobamovirus tufayli qo‘llanildi.
Pomidori - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2021
Rossiya O‘zbekistonning 15ta korxonasiga pomidor va qalampir importiga ruxsat berdi
Har bir holat bo‘yicha o‘simliklar karantini va himoya qilish respublika idorasi tomonidan tekshiruv o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston tomoni YeOIIga a’zo davlatlar uchun karantin obyektlari, shu jumladan pomidor mevalarida jigarrang burushiqlik (ToBRFV) va (Pepino mosaic virus) viruslari yo‘qligiga kafolat beradigan korxonalar ro‘yxatini taqdim etishi zarur. Shundan keyingina O‘zbekiston sabzavotlarining Rossiya bozoriga kirish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, Rosselxoznadzor 2020-yil noyabr - dekabr oylarida O‘zbekistonning Farg‘ona, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlaridan, Rossiyada karantin ro‘yxatiga kiritilgan obyektlar aniqlangani tufayli, pomidor va qalampir olib kirishni ta’qiqlab qo‘ygan edi. Keyinchalik ayrim korxonalarga ruxsat berilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0