O‘zbekiston va Rossiya harbiylari Termizda mashqlar o‘tkazadi

© Sputnik / Semiraga / Mediabankka o‘tishPogranichniki
Pogranichniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2021
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston chegarasi yaqinda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan o‘quv-mashqlarda Rossiya Markaziy harbiy okrugining maxsus bo‘linmalari ishtirok etadi.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Mingdan orqiqi O‘zbekiston va Rossiya harbiylari avgust oyining boshida Afg‘oniston chegarasi yaqinida birgalikda o‘quv-mashqlar o‘tkazadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“Rossiya va O‘zbekistonning 1,5 mingga yaqin harbiy xizmatchilari 30-iyul – 10-avgust orasida Surxondaryo viloyati hududida bo‘lib o‘tadigan qo‘shma o‘quv mashqlarida ishtirok etishadi”, - deyilgan Rossiya Markaziy harbiy okrugi (MHO) bayonotida.
Amaliy mashg‘ulotlar “Termiz” poligonida bo‘lib o‘tadi. Mashg‘ulotlarga 200ta harbiy texnika, jumladan aviatsiya ham jalb qilinadi. Rossiya harbiylari o‘zbekistonlik hamkasabalari bilan chegarani himoya qilish sirlarini o‘rganishadi. Rossiyalik harbiylar negizida MHO maxsus bo‘linmalari ishtirok etadi, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 5-10 avgust kunlari O‘zbekiston, Tojikiston va Rossiya ishtirokida Tojikiston janubidagi Xatlon viloyatidagi "Xarb-Maydon" poligonida harbiy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. U yerda 201 harbiy baza askarlari ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0