https://oz.sputniknews.uz/20210719/ozbekiston-olimpiya-jamoasi-vakili-yaponiyalik-qizga-jinsiy-tajovuz-qilganmi-moq-munosabati-19743380.html
O‘zbekiston Olimpiya jamoasi vakili yaponiyalik qizga jinsiy tajovuz qilganmi? MOQ munosabati
O‘zbekiston Olimpiya jamoasi vakili yaponiyalik qizga jinsiy tajovuz qilganmi? MOQ munosabati
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Olimpiya jamoasi vakilining yaponiyalik qizga jinsiy tajovuz qilgani haqida ayrim xorijiy nashrlarda chop etildi. 19.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-19T18:00+0500
2021-07-19T18:00+0500
2021-07-19T18:00+0500
sport
milliy olimpiya qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/06/18184423_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_485a842c5630f5d8125258ca231c8d63.jpg
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Ayrim xorijiy nashrlar Tokioda bo‘lib turgan O‘zbekiston Olimpiya jamoasi vakilining yaponiyalik qizga jinsiy tajovuz qilgani haqida maqola chop etdi. Bu esa bir qator o‘zbek OAV va blogerlari orasida muhokamaga sabab bo‘lmoqda. O‘zbekiston MOQ xabarga munosabat bildirdi.“Bo‘lib o‘tgan voqelikka O‘zbekiston Olimpiya jamoasining hech qanday aloqasi yo‘q. “Japantimes.co.jp” nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, voqea Tokio shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarosi D.R. bilan sodir bo‘lgan. “Kyodo news” esa D.R. va u qizning birgalikda Tokiodagi “Olimpiya” stadionida volontor bo‘lib ishlagani haqida yozmoqda.Hozir MOQ Tezkor shtabining 5 nafar vakili Tokiodagi Olimpiya shaharchasida bo‘lib turibdi. Ularning vazifasi asosiy delegatsiya kelguniga qadar tashkiliy masalalarni hal etib turishdir. Tashkiliy qo‘mitaning talablariga ko‘ra, Olimpiya shaharchasidagi shaxslarning hududdan chiqib ketishi mumkin emas va u joy kuchli nazorat ostida.Shunday ekan, yuqoridagi voqelikka O‘zbekiston Olimpiya delegatsiyasining hech qanday aloqasi yo‘q. Shu o‘rinda yurtimizning barcha OAV, bloger va jurnalistlaridan bu kabi asossiz maqolalarga ishonmasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyilgan xabarda.
https://oz.sputniknews.uz/20210717/tokio-olimpiadasi-ochilish-marosimida-ozbekiston-bayroqdorlari-ismi-aiq-boldi-19723455.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/06/18184423_141:0:2872:2048_1920x0_80_0_0_ec5f24786d570f6c0cc4bad0b9d443da.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, milliy olimpiya qo‘mitasi
sport, milliy olimpiya qo‘mitasi
O‘zbekiston Olimpiya jamoasi vakili yaponiyalik qizga jinsiy tajovuz qilganmi? MOQ munosabati
O‘zbekiston Olimpiya jamoasi vakilining yaponiyalik qizga jinsiy tajovuz qilgani haqida ayrim xorijiy nashrlarda chop etildi.
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Ayrim xorijiy nashrlar Tokioda bo‘lib turgan O‘zbekiston Olimpiya jamoasi vakilining yaponiyalik qizga jinsiy tajovuz qilgani haqida maqola chop etdi. Bu esa bir qator o‘zbek OAV va blogerlari orasida muhokamaga sabab bo‘lmoqda.
O‘zbekiston MOQ xabarga munosabat bildirdi.
“Bo‘lib o‘tgan voqelikka O‘zbekiston Olimpiya jamoasining hech qanday aloqasi yo‘q. “Japantimes.co.jp” nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, voqea Tokio shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarosi D.R. bilan sodir bo‘lgan. “Kyodo news” esa D.R. va u qizning birgalikda Tokiodagi “Olimpiya” stadionida volontor bo‘lib ishlagani haqida yozmoqda.
Hozir MOQ Tezkor shtabining 5 nafar vakili Tokiodagi Olimpiya shaharchasida bo‘lib turibdi. Ularning vazifasi asosiy delegatsiya kelguniga qadar tashkiliy masalalarni hal etib turishdir. Tashkiliy qo‘mitaning talablariga ko‘ra, Olimpiya shaharchasidagi shaxslarning hududdan chiqib ketishi mumkin emas va u joy kuchli nazorat ostida.
Shunday ekan, yuqoridagi voqelikka O‘zbekiston Olimpiya delegatsiyasining hech qanday aloqasi yo‘q. Shu o‘rinda yurtimizning barcha OAV, bloger va jurnalistlaridan bu kabi asossiz maqolalarga ishonmasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyilgan xabarda.