"Foydali fursat": O‘zbekiston yoshlar startaplarini qo‘llab-quvvatlashga 100 mln $ ajratmoqda

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaYoshlar sanoat va tdbirkorlik zonalari
Yoshlar sanoat va tdbirkorlik zonalari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2021
Obuna bo‘lish
Yangi loyihaning missiyasi - yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va ular bandligini oshirishga qaratilgan. Murojaatchilarning arizasi o‘rganilib, tasdiqlangach, ular 7-yil muddatga 100 ming dollargacha kredit olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi
O‘zbekistonda yoshlar startaplarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi - Fursat davlat media-loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabariga ko‘ra, loyihaning asosiy maqsadi - 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlarning biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Loyiha missiyasi: yoshlarda ishbilarmonlik kayfiyatini shakllantirish

O‘zbekistonda kichik biznes, xususiy biznesni rivojlantirish orqali xalqning turmush darajasini yanada oshirish, aholi real daromadini oshirish hamda bandligini ta’minlash bugunning eng dolzarb vazifalaridan biri sifatida belgilangan. Respublikadagi eng yirik investitsiya loyihalari hamda hududiy invest-loyihalar dasturlarida ham asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan birgalikda, ularni ish bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish alohida o‘rin tutadi.
Shavkat Mirziyoyev i oxrana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.01.2021
DXXga yoshlar muammolarini tizimli o‘rganish vazifasi yuklatildi
Investitsiya va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Aziz Voitovning aytishicha, loyihaning asosiy maqsadi ham shu vazifani qamrab olgan, ya’ni 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlarni o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Tashabbus shuningdek, hududlarning iqtisodiy salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish va sanoatning turli sohalariga innovatsiyalar kiritishni rag‘batlantirishga mo‘ljallangan.
Voitovga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati yoshlarni ish joylari bilan ta’minlash bilan cheklanib qolishni istamaydi va mamlakat yoshlarining tadbirkorlikka bo‘lgan ko‘nikmalarini, ularning ishbilarmonlik kayfiyatini shakllantirishni o‘z oldiga dolzarb vazifa sifatida belgilab olgan.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda har yili 700 mingdan ortiq yoshlar mehnat bozoriga kirib kelmoqda va ularga albatta, o‘z o‘rnini topishlariga yordam berish mamlakat iqtisodiyoti kelajagi uchun muhim o‘rin tutadi.

Startaplar lokomotivi

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Aziz Voitovning ma’lum qilishicha, prezident qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘ylab 219ta YoSTZ (yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari) tashkil etiladi, ulardan 185tasi hozirgi kunda faoliyat ko‘rsatmoqda.
Dastlabki loyihalar amalga oshirilishni boshlagan va 2,9 trln so‘mlik jami 1586 ta loyiha amalga oshirib kelinmoqda.
Shavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2020
Har bir tadbirkor standartni bilishi kerak - Shavkat Mirziyoyev
Loyihalar ishga tushishi natijasida 36 ming ish o‘rinlari yaratiladi.
Barcha YoSTZlar zarur infratuzilma bilan ta’minlanadi va ularda yosh tadbirkorlarning innovatsion g‘oyalari asosida o‘z loyihalarini amalga oshirishlari hamda ishlab chiqarish obyektlarini qurishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratiladi.

Istagan yigit-qiz biznesmen bo‘lishi mumkin

Loyihani amalga oshirish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida yuridik maqomga ega bo‘lmagan Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ochilgan. Ushbu jamg‘armani boshqarish bo‘limi boshlig‘i Mehroj Botirov Fursat loyihasi asosiy vazifalari haqida va qanday qilib yoshlar kredit olishlari mumkinligi borasida batafsil to‘xtaldi.
Botirovning aytishicha, Yoshlar loyihalarini moliyalashtirish uchun jami 100 million dollar ajratilgan.
Jamg‘arma mamlakatdagi davlat ulushi bo‘lgan 10ta bank bilan hamkorlik o‘rnatgan.
Yosh tadbirkor biznes-rejani taqdim etgan vaqtda birinchi navbatda shu 10ta bank orqali arizalar yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga yetib boradi.
"O‘z biznes g‘oyalari bor, ammo uni boshlash uchun tajriba va boshlang‘ich kapitalga ega bo‘lmagan 18-30 yoshli yigit-qizlar loyiha ishtirokchilari bo‘lishlari mumkin.
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v molodejnom forume - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.12.2020
Mirziyoyev yoshlarga: "Sizlarni O‘zbekistonning bebaho xazinasi sifatida qadrlayman!"
Buning uchun, biznes-rejasi bor yoshlar www.fursatloyiha.uz veb-sayti yoki @fursatloyiha_bot telegram-bot orqali ariza berishlari lozim. Ariza o‘rganilib, tasdiqlanganidan so‘ng yoshlar 7-yil muddatga 100 ming dollargacha imtiyozli kredit olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Kreditlar foizi: milliy valyuta - so‘mda olingan taqdirda - 14 foiz, xorijiy valyutada olinganda yiliga 3%. Bundan tashqari, yoshlarga o‘zlariga yaqin bo‘lgan YoSTZ hududida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun 1000 kvadrat metrgacha yer ajratilishi mumkin", - deya ta’kidladi Botirov.
Biznes-rejaga ega bo‘lmagan yoshlar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida "Loyihalar fabrikasi" biznes-inkubatorlarining tajribali mutaxassislari uni ishlab chiqishda yoshlarga yordam berishi ko‘zda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0