Restoranlarga faqat ochiq havoda ishlashga ruxsat berildi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishLetnyaya veranda v kafe
Letnyaya veranda v kafe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.07.2021
Obuna bo‘lish
Restoran va oshxonalarga 20-iyuldan boshlab aholiga faqat kunduz kuni va ochiq havodagi maydonlarda xizmat ko‘rsatishga ruxsat brildi.
TOShKENT, 17-iyul - Sputnik. O‘zbekistonda 20-iyuldan boshlab restoran va kafelarga faqat ochiq havoda xizmat ko‘rsatishga ruxsat berildi. Bu haqida SSV matbuot kotibi ma’lum qildi.
Shu yilning 20-iyulidan boshlab, umumiy ovqatlanish obyektlari – restoran, kafe, oshxona va choyxonalarni soat 8:00 dan 20:00 gacha faqatgina ochiq havoda ishlashiga ruxsat beriladi, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 28-iyunidan respublika bo‘yicha ko‘ngilochar obyektlar – restoran, tungi klublar, diskoteka, karaoke, bilyard zallari va kompyuter o‘yinlari markazlari hamda umumiy ovqatlanish obyektlari – kafe, oshxona va choyxonalarning ishlashiga soat 8:00 dan 20:00 gacha ruxsat berilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0