Toshkent anjumani natijasi: tashqi ishlar vazirlarining yakuniy qo‘shma bayonoti

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovKonferensiya "Sentralnaya i Yujnaya Aziya" v Tashkente
Konferensiya Sentralnaya i Yujnaya Aziya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.07.2021
Obuna bo‘lish
Toshketda bo‘lib o‘tgan yuqori darajali Anjuman ushbu hudud davlatlari orasida mavjud bo‘lgan barcha masalalar bo‘yicha fikr almashish uchun betakror imkoniyat yaratib berdi.
TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan, xalqaro anjuman yakunida Qo‘shma bayonot imzolashdi.
Qo‘shma bayonot BMTning maqsad va tamoyillariga hamda xalqaro huquqqa asoslangan bo‘lib unda Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari orasida tranzit va savdo aloqalarini rivvojlantirish, hududning takrorlanmas transport-tranzit potensialini amalga oshirish, ushbu hudud davlatlari orasida qadimdan mavjud bo‘lgan madaniy va do‘stona aloqalarni rivojlantirish, ikkala hudud aholisining turmush darajasini yaxshilashga xizmat qilishi qayd etilgan.
Qo‘shma bayonotda quyidagilar haqida kelishib olindi:
1.
Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari orasida, teng huquqlar, o‘zaro manfaatlarni hurmat qilgan holda, an’anaviy do‘stona ruhda har tomonlama aloqalarni rivojlantirish;
2.
Iqtisod, investitsiyalar, energetika va texnologik innovatsiyalar hamda “yashil” texnologiyalar sohalarida hamkorlikni rivojlantirish;
3.
Xalqaro TIR va boshqa konvensiyalar asosida o‘z transport-kommunikatsion tizimini rivojlantirish, dengiz portlari tomon yangi va xavfsiz transport koridorlari tashkil qilish orqali Markaziy va Janubiy Osiyo hududlarining transport-tranzit va logistika imkoniyatlaridan samarali foydalanish;
4.
Markaziy va Janubiy Osiyoni tutashtirishda Afg‘onistonning “muhim hududiy ko‘prik” ekanini hisobga olgan holda, AIRning iqtisodiy rivojlanishiga umumiy regional loyihalar yordamida hissa qo‘shish, xo‘jalik aloqalarini rivojlantirish;
5.
Xalqaro savdo, bojxona, transport, bank, sog‘liqni saqlash, ilm-fna, ta’lim va madaniyat sohalarida raqamli platformalar joriy etish, barcha uchun kiberxavfsizlikni ta’minlash;
6.
Markaziy va Janubiy Osiyodagi madaniy va tarixiy boyliklarni saqlab qolishda o‘zaro tajriba alamashish;
7.
Markaziy va Janubiy Osiyo hududlarini qamrab olgan sayyohlik yo‘nalishlari tashkil qilish;
8.
Ilm-fan, texnologiyalar, sayyohlik, madaniyat, san’at va sport sohalarida munosabatlarini chuqurlashtirish;
9.
Ekologiya va atrof muhitni saqlash masalalari bo‘yicha birgalikda yechimlar ishlab chiqish;
10.
Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari orasida aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyuiyasini ishlab chiqish;
Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari Toshketda bo‘lib o‘tgan yuqori darajali Anjuman ushbu hudud davlatlari orasida mavjud bo‘lgan barcha masalalar bo‘yicha fikr almashish uchun betakror imkoniyat yaratib berganini qayd etib, O‘zbekiston hukumati va xalqiga mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirishdi.
Ma’lumot uchun, 15-16 iyul kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar” anjumanida 44 davlat delegatsiyalari, 29ta xalqaro tashkilotlar vakillari jami 600ga yaqin ishtirokchilar tashrif buyurishdi.
Yangiliklar lentasi
0