Qurbon Hayiti namozi o‘rniga Zuho namozi o‘qiladi – Musulmonlar idorasi fatvosi

© Press-slujba Upravleniya musulman UzbekistanaNovaya mechet otkrilas v Karakalpakstane
Novaya mechet otkrilas v Karakalpakstane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.07.2021
Obuna bo‘lish
O‘MI jamoat joylarda namoz o‘qish o‘rniga o‘z uylarida oila davrasida namoz o‘qib, qariya, beva-bechora va ishsizlar holidan xabar olib, xayriya qilish va vaksina olishni tavsiya etdi.
TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. O‘zbekistonda va butun dunyoda koronavirus pandemiyasi avj olayotganini hisobga olgan holda, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi karantin choralariga amal qilishga qaratilgan fatvosini e’lon qildi.

O‘MI ushbu qarorga kelishga nafaqat amaldagi qonun va tartib-qoidalar balkim musulmonlar o‘zlarini ehtiyot qilishi kerakligi to‘g‘risida Qur’oni Karimning Baqara surasi 195-oyatini hamda qator Hadislarda iqtiboslar keltirgan.

O‘zbekiston musulmonlar idorasi Ulamolar kengashining FATVOSI:
1.
Qurbon hayiti namozida katta jamoat bir joyda jamlanishini inobatga olib, pandemiya yanada avj olmasligi, vabo oqibatlarini yumshatish maqsadida shu kuni iyd namozi ado etilmaydi, o‘rniga uyda Zuho namozini o‘qish tavsiya etiladi.
2.
Juma namozlaridan (yuqoridagi sabablarga ko‘ra vaqtincha o‘qilmaydi) boshqa namozlar barcha karantin talablariga rioya qilgan, ya’ni niqob taqqan va oraliq masofani saqlagan holda, masjidlarning ochiq sahnlarida ado etiladi. Masjidlarda qo‘l berib yoki quchoqlashib ko‘rishish qat’iyan ta’qiqlanadi.
3.
Isitma, yo‘tal kabi kasallik alomatlarini o‘zida his qilganlar, keksalar va kichik yoshdagi bolalarga jamoat namozlarida ishtirok etish tavsiya etilmaydi.
4.
Yoshi ulug‘ keksalar va bemorlar holidan xabar olish hamda hayit bilan tabriklash va boshqa milliy urf-odatlar bilan bog‘liq an’analarni aloqa vositalari orqali amalga oshirib turish tavsiya etiladi.
5.
Janoza namozlari vafot etganning yaqin qarindoshlari ishtirokida, xonadonlarda o‘qiladi. Marhumlarning haqlariga qilinadigan duoi fotihalarni qat’iy ravishda yurtdoshlarimiz o‘z xonadonlarida, oila davrasida bajarsinlar, fotihagarchiliklarga borishdan hamda o‘tganlarning qabrlarini ziyorat qilishdan saqlanib tursinlar.
6.
Mo‘min-musulmonlar imkon qadar kasallikning tarqalishini oldini olish maqsadida qurbonlik go‘shti ehsonlarini tarqatishda karantin talablariga qat’iy rioya etsinlar.
7.
Pandemiya vaziyatida oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa zarur vositalarning narxini oshirish, bozorlar va do‘konlarda sun’iy ravishda taqchillikni yuzaga keltirish hamda aholi o‘rtasida turli vahimali xabarlarni tarqatish shar’an haromdir.
8.
Vaksina olmaslik, uning tarkibi to‘g‘risida bo‘lmag‘ur gaplarni tarqatish durust emas. Davlatimiz barcha talablarga javob beruvchi vaksinalar vositasida ommaviy ravishda emlash ishlarini amalga oshirayotgan ekan,barcha yurtdoshlarimiz o‘zlarini va oila a’zolarini, shifokorlar bilan kelishgan holda, emlatishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi.
9.
Ehtiyojmandlar, nogironligi borlar, vaqtincha ishsizlarga ehson ko‘rsatishning ayniqsa ushbu kunlar va oylarda savobi ulug‘dir. Xayriya va ehson tadbirlarini “Vaqf” jamg‘armasi orqali yoki bevosita amalga oshirish tavsiya etiladi.
10.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi, uning viloyatlardagi vakilliklari xodimlari va imom-xatiblar ushbu fatvo mazmun-mohiyati bo‘yicha aholining keng qatlamlari orasida batafsil tushuntirish ishlarini amalga oshirsinlar.
Ma’lumot uchun bugun O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 500 kishini, pnevmoniyaga chalinganlar soni 406 kishini tashkil qilgan. O‘tgan sutka davomida vafot etganlar 4 kishi.
Yangiliklar lentasi
0