Kubada COVID-19ga qarshi ikkita samarali vaksina ishlab chiqildi

© Sputnik / Oleg Lastochkin / Mediabankka o‘tishKubinskiy flag nad naberejnoy Malikon
Kubinskiy flag nad naberejnoy Malikon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.07.2021
Obuna bo‘lish
Ayni damda Soberana 02 va Abdala sanoat uslubida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bosqichiga yetib kelgan.
TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. Kuba Gen ijeneriyasi va biotexnologiyalar markazi (CIGB) tomonidan ishlab chiqarilgan Abdala vaksinasi COVID-19ning og‘ir shakllariga nisbatan 100% samaradorlik ko‘rsatdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Uchinchi bosqich sinovlar yakunida Ozodlik oroli vaksinasining COVID-19 virusidan himoya qilish xususiyati 92,28%ni tashkil qildi. Sinovda bir milliondan ortiq qishi ishtirok etdi, deyilgan xabarda.
Xozirgi kunda Abdala vaksinasidan favqulodda holatlarda foydalanish uchun ruxsatnoma olingan.
Ma’lumot uchun, shu kunga qadar kubalik olimlar koronavirusga qarshi 4ta vaksina ishlab chiqishgan. Finli vaksinalar instituti ishlab chiqargan 2ta vaksina - Soberana 01 va Soberana 02dan tashqari, CIGB markazi ham 2ta vaksina ishlab chiqargan — Mambisa (burunga tomiziladiggan preparat hamda Abdala – inyeksiya ko‘rinishidagi vaksina.
Ayni damda Soberana 02 va Abdala sanoat uslubida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bosqichiga yetib kelgan.
Yangiliklar lentasi
0