https://oz.sputniknews.uz/20210715/ozbekistonda-songgi-2-yilda-avtomobillarga-talab-30-ga-oshdi---cerr-19699809.html
O‘zbekistonda so‘nggi 2-yilda avtomobillarga talab 30 %ga oshdi - CERR
O‘zbekistonda so‘nggi 2-yilda avtomobillarga talab 30 %ga oshdi - CERR
Sputnik O‘zbekiston
Pandemiyaga qaramasdan 2020-yilda O‘zbekistonda 2019-yilga nisbatan avtomobil savdosi o‘sishi kuzatildi. 15.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-15T19:01+0500
2021-07-15T19:01+0500
2021-07-15T19:01+0500
iqtisod
savdo
avtomobil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/08/18214704_0:119:1276:837_1920x0_80_0_0_6e9d41fa85daf704451d05d5bbb646ef.jpg
TOShKENT, 15-iyul – Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi 2-yil ichida aholining yavtomobillarga bo‘lgan talabi 29,6 %ga oshdi deb xabar qilmoqda Iqtisodiy tadqiqotlar markazi (CERR) tarqatgan ma’lumotda.Eng yuqori o‘sish suratlari Namangan (22,6%), Navoiy (20,9%), Samarqand (18,8%), Farg‘ona (16,2%) va Toshkent (16,4%) viloyatlarida qayd etilgan.Xususan, 2021-yilning iyun oyida 18,9 mingta yangi avtomobil ro‘yxatga olindi. Ulardan 1171 tasi (6,2%) chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillardir. Chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillar eng ko‘p sotilgan hududlar Toshkent shahri (yangi avtomobillarning 11,8%), Toshkent (5,7%), Samarqand (3%) va Xorazm (2,4%) viloyatlari bo‘ldi.Shuningdek, o‘tkazilgan tahlilllar avtokreditlar va avtomobillarga bo‘lgan talab o‘rtasida sezilarli darajada bog‘liqlik borligini ko‘rsatdi. Avtokreditlar hajmining 10%ga oshishi ro‘yxatga olingan va qayta ro‘yxatga olingan avtomobillar sonining 4% ga oshishiga olib kelganini ko‘rsatdi.Undan tashqari, yuqorda keltirilgan o‘sish suratlari hisobga olinganda, O‘zbekiston avtomobil bozoriga koronavirus ta’siri minimal bo‘lganini qayd etish mumkin. Pandemiya yili 2020-yilning aprel oyida avtotransport vositalari savdosi 73,8% ga pasaygan bo‘lsa, yilning ikkinchi yarmida bozorda o‘sish kuzatildi. Yakuniy natija – O‘zbekistonda 2020-yilda sotilgan yangi avtomobillar soni 276 mingdan oshdi. 2019-yilda esa jami – 268 ming yangi avtomobil sotilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/08/18214704_1:0:1276:956_1920x0_80_0_0_4c59fe1721d77370c7dd168bba1eca2b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, savdo, avtomobil
iqtisod, savdo, avtomobil
O‘zbekistonda so‘nggi 2-yilda avtomobillarga talab 30 %ga oshdi - CERR
Pandemiyaga qaramasdan 2020-yilda O‘zbekistonda 2019-yilga nisbatan avtomobil savdosi o‘sishi kuzatildi.
TOShKENT, 15-iyul – Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi 2-yil ichida aholining yavtomobillarga bo‘lgan talabi 29,6 %ga oshdi deb xabar qilmoqda Iqtisodiy tadqiqotlar markazi (CERR) tarqatgan ma’lumotda.
Hisobotda aytilishiga ko‘ra, 2021-yilning iyun oyida avtomobillarga bo‘lgan talab 2020-yilning iyun oyiga nisbatan 12,9 %ga, 2019-yilning shu davriga nisbatan esa 29,6 %ga oshgan.
Eng yuqori o‘sish suratlari Namangan (22,6%), Navoiy (20,9%), Samarqand (18,8%), Farg‘ona (16,2%) va Toshkent (16,4%) viloyatlarida qayd etilgan.
Xususan, 2021-yilning iyun oyida 18,9 mingta yangi avtomobil ro‘yxatga olindi. Ulardan 1171 tasi (6,2%) chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillardir. Chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillar eng ko‘p sotilgan hududlar Toshkent shahri (yangi avtomobillarning 11,8%), Toshkent (5,7%), Samarqand (3%) va Xorazm (2,4%) viloyatlari bo‘ldi.
Shuningdek, o‘tkazilgan tahlilllar avtokreditlar va avtomobillarga bo‘lgan talab o‘rtasida sezilarli darajada bog‘liqlik borligini ko‘rsatdi. Avtokreditlar hajmining 10%ga oshishi ro‘yxatga olingan va qayta ro‘yxatga olingan avtomobillar sonining 4% ga oshishiga olib kelganini ko‘rsatdi.
Undan tashqari, yuqorda keltirilgan o‘sish suratlari hisobga olinganda, O‘zbekiston avtomobil bozoriga koronavirus ta’siri minimal bo‘lganini qayd etish mumkin. Pandemiya yili 2020-yilning aprel oyida avtotransport vositalari savdosi 73,8% ga pasaygan bo‘lsa, yilning ikkinchi yarmida bozorda o‘sish kuzatildi. Yakuniy natija – O‘zbekistonda 2020-yilda sotilgan yangi avtomobillar soni 276 mingdan oshdi. 2019-yilda esa jami – 268 ming yangi avtomobil sotilgan.