Markaziy Osiyo tashqi ishlar vazirlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

© MID UzbekistanaNeformalnaya vstrecha glav MID SA
Neformalnaya vstrecha glav MID SA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2021
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyo tashqi ishlar vazirlari Turkmanistonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan MO davlat rahbarlari uchrashuviga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilishdi.
TOShKENT, 15-iyul – Sputnik. Kecha, 14-iyul kuni Toshkent shahrida "Markaziy va Janubiy Osiyo: Mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar" anjumani oldidan Markaziy osiyo tashqi ishlar vazirlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar Turkmanistonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlari uchrashuviga tayyorgarlik masalalari hamda prezidentlar uchrashuvi kun tartibiga kiritiladigan masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuvda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov, Tojikiston TIV rahbari Sirodjiddin Muxriddin, Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi, Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Nuran Niyazaliyev, Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovlar ishtirok etishdi.
Yangiliklar lentasi
0