https://oz.sputniknews.uz/20210715/dunyo-kovid-pandemiyasining-3-tolqin-boshida--bsst-19690950.html
Dunyo kovid pandemiyasining 3-to‘lqin boshida – BSST
Dunyo kovid pandemiyasining 3-to‘lqin boshida – BSST
Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusga qarshi kuchli emlash o‘z samarasini bermoqda - BSST rahbari. 15.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-15T12:27+0500
2021-07-15T12:27+0500
2021-07-15T16:27+0500
dunyoda
covid-19 umumjahon pandemiyasi
jsst
tedros adxanom gebreyesus
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/0d/19664148_0:164:3056:1883_1920x0_80_0_0_d3c312826852efdc3a95b9108772cd89.jpg
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Koronavirusga qarshi kuchli emlash jarayoni o‘z samarasini bermoqda, ammo dunyo baribir pandemiya yangi to‘lqini yoqasida turibdi, dedi Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus.Uning so‘zlariga ko‘ra, SARS-CoV-2 yangi holatlari ko‘payishining asosiy sababi - delta shtamm bo‘ldi, u dastlabki variantdan ikki baravar yuqumliroq.BSST bosh direktori emlash darajasi yuqori bo‘lgan mintaqalarda virusdan o‘lim holatlari kamayishi qayd etilganini ta’kidladi.BSST favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi har uch oyda bir yig‘ilib, COVID-19 tarqalishi xavfi darajasini baholaydi. Qo‘mita qaroriga ko‘ra, bu kasallik hozirgi kunda xalqaro sog‘liqni saqlash uchun favqulodda vaziyatga aylandi.Qo‘mita 15-iyuldagi yig‘ilishdan so‘ng, BSST uchun yangilangan ko‘rsatmalar berishi kutilmoqda.BSST SARS-CoV-2 ning to‘rtta shtammini "xavotirga soluvchi" ro‘yxatiga kiritdi: alfa (britancha), beta (afrikancha), gamma (brazilcha) va delta (hindcha). Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, oxirgi shtamm mutatsiya qilishni davom ettirish bilan birga SARS-CoV-2ning uxancha shtammidan ikki baravar yuqumliroq. Yaqinda delta-plyus varianti paydo bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.BSSTning ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 187 million kishi COVID-19 infeksiyasiga chalingani aniqlangan (Jons Xopkins Universiteti statistikasiga 188 millionga yaqinlashmoqda). 4 milliondan ortiq odam nobud bo‘ldi.Eng murakkab vaziyat - AQSh, Hindiston va Braziliyada. BSST ma’lumotlariga qaraganda Rossiya to‘rtinchi, Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra - beshinchi o‘rinda.
https://oz.sputniknews.uz/20210715/koronavirus-va-pnevmoniya-ozbekistonda-785-kishi-pandemiya-qurboni-boldi-19689325.html
https://oz.sputniknews.uz/20210714/rossiyada-osmirlarni-koronavirusga-qarshi-emlash-qachon-boshlanishi-mumkinligi-aytildi-19671181.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/0d/19664148_164:0:2893:2047_1920x0_80_0_0_3bd5752ca2389fb393772022dfac61c8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, covid-19 umumjahon pandemiyasi, jsst, tedros adxanom gebreyesus
dunyoda, covid-19 umumjahon pandemiyasi, jsst, tedros adxanom gebreyesus
Dunyo kovid pandemiyasining 3-to‘lqin boshida – BSST
12:27 15.07.2021 (yangilandi: 16:27 15.07.2021) Koronavirusga qarshi kuchli emlash o‘z samarasini bermoqda - BSST rahbari.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Koronavirusga qarshi kuchli emlash jarayoni o‘z samarasini bermoqda, ammo dunyo baribir pandemiya yangi to‘lqini yoqasida turibdi, dedi Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus.
"O‘tgan hafta dunyoda COVID-19ni yuqtirish darajasining o‘sishi ketma-ket to‘rtinchi hafta bo‘ldi, bu BSST bitta mintaqasidan tashqari boshqa joylarda kasallanish holatlari ko‘paymoqda. O‘n haftalik pasayishdan keyin o‘lim darajasi ham o‘sib bormoqda", dedi u BSST Favqulodda Qo‘mitasining dunyoda COVID-19 bilan vaziyatni baholash bo‘yicha yig‘ilish ochilishida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, SARS-CoV-2 yangi holatlari ko‘payishining asosiy sababi - delta shtamm bo‘ldi, u dastlabki variantdan ikki baravar yuqumliroq.
BSST bosh direktori emlash darajasi yuqori bo‘lgan mintaqalarda virusdan o‘lim holatlari kamayishi qayd etilganini ta’kidladi.
BSST favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi har uch oyda bir yig‘ilib, COVID-19 tarqalishi xavfi darajasini baholaydi. Qo‘mita qaroriga ko‘ra, bu kasallik hozirgi kunda xalqaro sog‘liqni saqlash uchun favqulodda vaziyatga aylandi.
Qo‘mita 15-iyuldagi yig‘ilishdan so‘ng, BSST uchun yangilangan ko‘rsatmalar berishi kutilmoqda.
BSST SARS-CoV-2 ning to‘rtta shtammini "xavotirga soluvchi" ro‘yxatiga kiritdi: alfa (britancha), beta (afrikancha), gamma (brazilcha) va delta (hindcha).
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, oxirgi shtamm mutatsiya qilishni davom ettirish bilan birga SARS-CoV-2ning uxancha shtammidan ikki baravar yuqumliroq. Yaqinda delta-plyus varianti paydo bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.
BSSTning ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 187 million kishi COVID-19 infeksiyasiga chalingani aniqlangan (Jons Xopkins Universiteti statistikasiga 188 millionga yaqinlashmoqda). 4 milliondan ortiq odam nobud bo‘ldi.
Eng murakkab vaziyat - AQSh, Hindiston va Braziliyada. BSST ma’lumotlariga qaraganda Rossiya to‘rtinchi, Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra - beshinchi o‘rinda.