https://oz.sputniknews.uz/20210714/vazirliklar-yangi-dasturlar-yaratish-boyicha-yol-xaritasi-ishlab-chiqishi-kerak--prezident-19670104.html
Vazirliklar yangi dasturlar yaratish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqishi kerak – prezident
Vazirliklar yangi dasturlar yaratish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqishi kerak – prezident
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda birinchi yarim yillikda raqamli iqtisod hajmi yarim million dollardan oshgan, dasturlash xizmatlari eksporti esa 17,5 million dollarga yetgan. Prezident... 14.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-14T10:20+0500
2021-07-14T10:20+0500
2021-07-14T10:20+0500
iqtisod
shavkat mirziyoyev
prezident
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/19/19408262_0:108:1280:829_1920x0_80_0_0_bdef4df8223d4c3e695952d13e55a3b2.jpg
TOShKENT, 14-iyul – Sputnik. Har bir vazirlik va davlat organi hududlarda yangi dasturlar yaratish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" ishlab chiqishi kerak dedi Shavkat Mirziyoyev 13-iyul kuni bo‘lib o‘tgan majlisda. Shuningdek, prezident, mobil ilova orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sonini 100 taga yetkazish, xususan, kommunal soha, kadastr, soliq, bojxona, pensiya va mehnatga oid ma’lumotlarni olishda qulayliklarni oshirish zarurligini ta’kidladi.Majlisda xabar qilinishiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2021-yilning 1 yarmida raqamli iqtisod hajmi yarim million dollardan oshgan, dasturlash xizmatlari eksporti esa 17,5 million dollarga yetgan.Shavkat Mirziyoyev ushbu ko‘rsatgichlarni 2,5 baravar oshirish mumkinligini, xususan, raqamli iqtisodiyot xizmatlarini 16 trillion so‘mga, kompyuter dasturlari eksportini 40 million dollarga yetkazish mumkinligi aytib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlangan edi. Unga muvofiq, 2020-2022 yillarda hududlar va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish dasturlari amalga oshirilmoqda.Xususan, tarmoqlar bo‘yicha 443 ta loyiha ishlab chiqilib, bugungi kungacha 194 tasi tatbiq etildi. Hududlarda dasturdagi 1 ming 643 ta loyihadan 1 ming 172 tasi joriy qilindi.Shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 253 xil xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Joriy yilda ularni yana 60 taga ko‘paytirish, 50 dan ortiq xizmatlarni soddalashtirish mo‘ljallangan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/19/19408262_77:0:1213:852_1920x0_80_0_0_2d90964833f5628704b5b615877b1edf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
iqtisod, shavkat mirziyoyev, prezident
iqtisod, shavkat mirziyoyev, prezident
Vazirliklar yangi dasturlar yaratish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqishi kerak – prezident
O‘zbekistonda birinchi yarim yillikda raqamli iqtisod hajmi yarim million dollardan oshgan, dasturlash xizmatlari eksporti esa 17,5 million dollarga yetgan. Prezident ushbu ko‘rsatgichlarni yana 2,5 baravar oshirish mumkinligini ta’kidladi.
TOShKENT, 14-iyul – Sputnik. Har bir vazirlik va davlat organi hududlarda yangi dasturlar yaratish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" ishlab chiqishi kerak dedi Shavkat Mirziyoyev 13-iyul kuni bo‘lib o‘tgan
majlisda. – Oxirgi yillarda qilingan ishlar, albatta, o‘z natijasini berdi, xizmatlar qulay va odamlarga yaqin bo‘ldi. Lekin raqamli texnologiyalar kun sayin o‘zgarib, yangi-yangi imkoniyatlar ochilmoqda. Shuning uchun har bir vazirlik, davlat organi va hududlarda yangi dasturlarni joriy etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, prezident, mobil ilova orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sonini 100 taga yetkazish, xususan, kommunal soha, kadastr, soliq, bojxona, pensiya va mehnatga oid ma’lumotlarni olishda qulayliklarni oshirish zarurligini ta’kidladi.
Majlisda xabar qilinishiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2021-yilning 1 yarmida raqamli iqtisod hajmi yarim million dollardan oshgan, dasturlash xizmatlari eksporti esa 17,5 million dollarga yetgan.
Shavkat Mirziyoyev ushbu ko‘rsatgichlarni 2,5 baravar oshirish mumkinligini, xususan, raqamli iqtisodiyot xizmatlarini 16 trillion so‘mga, kompyuter dasturlari eksportini 40 million dollarga yetkazish mumkinligi aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlangan edi. Unga muvofiq, 2020-2022 yillarda hududlar va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish dasturlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, tarmoqlar bo‘yicha 443 ta loyiha ishlab chiqilib, bugungi kungacha 194 tasi tatbiq etildi. Hududlarda dasturdagi 1 ming 643 ta loyihadan 1 ming 172 tasi joriy qilindi.
Shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 253 xil xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Joriy yilda ularni yana 60 taga ko‘paytirish, 50 dan ortiq xizmatlarni soddalashtirish mo‘ljallangan.