https://oz.sputniknews.uz/20210714/kamilov-dushanbeda-shht-tivk-yigilishida-ishtirok-etdi-19677072.html
Kamilov Dushanbeda ShHT TIVK yig‘ilishida ishtirok etdi
Kamilov Dushanbeda ShHT TIVK yig‘ilishida ishtirok etdi
Sputnik O‘zbekiston
Yig‘ilishda vazirlar ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasini yanada kengaytirish va rivojlantirish bo‘yicha fikr almashishdi. 14.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-14T14:40+0500
2021-07-14T14:40+0500
2021-07-14T14:40+0500
siyosat
abdulaziz kamilov
dushanbe
shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashi (shht tivk)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/0e/19676526_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_57ad22ccf3d8157f70749f9a4f986718.jpg
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. 13-14 iyul kunlari O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Xitoy, Tojikiston va O‘zbekiston tashqi siyosiy idoralari rahbarlari ShHT bosh kotibi va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori ishtirokida tashkilotning bo‘lajak yubiley sammitiga tayyorgarlik jarayonini muhokama qilishdi.Vazirlar ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashi yig‘ilishi kun tartibi loyihasini va majlisida imzolash uchun taklif qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqdilar.So‘nggi 20-yil ichida ShHT nufuzli xalqaro tuzilishga aylanib, zamonaviy davlatlararo aloqalar tizimini mustahkamlashda munosib ishtirok etayotgani alohida ta’kidlandi.Tashkilot faoliyatini, shu jumladan, ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasini yanada kengaytirish va rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy xarakterdagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.Delegatsiyalar rahbarlarini Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ham qabul qildi.Uchrashuvda joriy yilning sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan ShHTning Dushanbe sammiti yakunlari bo‘yicha Tashkilotga raislik O‘zbekiston tomoniga o‘tishi munosabati bilan Abdulaziz Kamilov ShHTga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi nomidan nutq so‘zladi.Vazir o‘z nutqida o‘zaro aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb jihatlarini, ShHTga a’zo davlatlarning ko‘p tomonlama hamda ikki tomonlama shakldagi hamkorlik va sheriklik jarayonida erishilgan ulkan ijobiy yutuqlarni qayd etdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/0e/19676526_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_97654832d5ef64ca3581dc6ec5a14e1e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, abdulaziz kamilov, dushanbe, shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashi (shht tivk)
siyosat, abdulaziz kamilov, dushanbe, shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashi (shht tivk)
Kamilov Dushanbeda ShHT TIVK yig‘ilishida ishtirok etdi
Yig‘ilishda vazirlar ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasini yanada kengaytirish va rivojlantirish bo‘yicha fikr almashishdi.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. 13-14 iyul kunlari O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida
ishtirok etdi. Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Xitoy, Tojikiston va O‘zbekiston tashqi siyosiy idoralari rahbarlari ShHT bosh kotibi va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori ishtirokida tashkilotning bo‘lajak yubiley sammitiga tayyorgarlik jarayonini muhokama qilishdi.
Vazirlar ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashi yig‘ilishi kun tartibi loyihasini va majlisida imzolash uchun taklif qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqdilar.
So‘nggi 20-yil ichida ShHT nufuzli xalqaro tuzilishga aylanib, zamonaviy davlatlararo aloqalar tizimini mustahkamlashda munosib ishtirok etayotgani alohida ta’kidlandi.
Tashkilot faoliyatini, shu jumladan, ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasini yanada kengaytirish va rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.
Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy xarakterdagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Delegatsiyalar rahbarlarini Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ham qabul qildi.
Uchrashuvda joriy yilning sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan ShHTning Dushanbe sammiti yakunlari bo‘yicha Tashkilotga raislik O‘zbekiston tomoniga o‘tishi munosabati bilan Abdulaziz Kamilov ShHTga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi nomidan nutq so‘zladi.
Vazir o‘z nutqida o‘zaro aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb jihatlarini, ShHTga a’zo davlatlarning ko‘p tomonlama hamda ikki tomonlama shakldagi hamkorlik va sheriklik jarayonida erishilgan ulkan ijobiy yutuqlarni qayd etdi.