Britaniya zarur bo‘lganida toliblar bilan ishlashga tayyorligini bildirdi

© AFP / FARIDULLAH AHMADZAIBoyeviki, zapreshennogo v RF, dvijeniya Taliban
Boyeviki, zapreshennogo v RF, dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2021
Obuna bo‘lish
Britaniya Mudofaa vazirligi rahbari Uolles London zarurat tug‘ilganida toliblar bilan ishlashga tayyorligini bildirdi
TOShKENT, 14-iyul - Sputnik. Buyuk Britaniya zarurat tug‘ilganida, agar "Tolibon"* harakati Afg‘oniston hukumati tepasiga kelgan taqdirda, u bilan ishlashga tayyor, deb bayonot qildi Britaniya mudofaa vazirligi rahbari Ben Uolles.
"Hukumatda qanday kuchlar bo‘lmasin, agar ular muayan xalqaro normalarga amal qilsa, Buyuk Britaniya hukumati u bilan hamkorlik qiladi", - dedi vazir Telegraph nashriga bergan intervyusida.
Uollesning so‘zlariga ko‘ra, Britaniyaning bunday qaroriga turli munosabat bildirilishi tabiiy, va u buni tushunadi, ammo pragmatik yondashuv mustahkam tinchlik asosiga aylanishi mumkin.
Voorujennie lyudi v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2021
"Tolibon"* - 2021: uyushmami yoki allaqachon davlat?
"Har qanday tinchlik jarayonida dushman bilan yarashishga to‘g‘ri keladi", - deb hisoblaydi siyosatchi.
Siyosatchining fikricha, toliblar xalqaro darajada tan olinishni istaydi, ammo buning uchun ular radikal usullardan voz kechishlariga to‘g‘ri keladi. "Davlatchilik qurilishi uchun moliyalashtirish va ko‘mak zarur, boshda terrorchining niqobi bilan esa bunday ko‘makni olishni imkoni yo‘q", - deya ta’kidladi Uolles.
* Rossiyada ta’qiqlangan terroristik tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0