Afg‘oniston O‘zbekistonning Janubiy Osiyodagi eng yirik iqtisodiy hamkori - CERR

© SputnikFlag Afganistana
Flag Afganistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Janubiy Osiyo davlatlari bilan umumiy savdosi hajmi 1,38 mlrd. dollarni tashkil qildi, undan 56% - Afg‘onistonga, 32 % Hindistonga to‘g‘ri kelmoqda.
TOShKENT, 14-iyul - Sputnik. So‘nggi 4-yil ichida O‘zbekiston va Janubiy Osiyo mamlakatlari orasida savdo-iqtisodiy hamkorlik hajmi 35 %ga oshdi. Bu haqida O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy Tadqiqotlar markazi - CERR xabar qilmoqda.
Aytish joizki Janubiy Osiyo mamlakatlari O‘zbekiston uchun muhim xorijiy savdo hamkorlaridir. O‘zbekistonning ushbu hudud bilan savdo aloqalari hajmi 1,386 mln dolarni tashkil qilgan bo‘lib, undan 919 mln dollari O‘zbekiston eksportiga to‘g‘ri kelmoqda.
Eksport qilingan asosiy mahsulotlar va xizmatlar qora metalldan ishlangan buyumlar, dukkakli oziq-ovqat mahsulotlari, elektroenergiya va transport xizmatlariga to‘g‘ri kelgan.

Janubiy Osiyo mamlakatlari orasida O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkori - shubhasiz Afg‘onistondir. 2020-yilda ushbu mamlakatga O‘zbekiston 777 mln dollarlik mahsulot va xizmatlar eksport qilgan. Afg‘onistondan import hajmi 2 mln AQSh dollarni tashkil qilgan.

Ikkinchi o‘rinda – Hindiston bo‘lib, ushbu davlat bilan savdo aloqalar hajmi 450 million dollarga yaqinlashgan. Undan import miqdori 423 mln., va eksport 21 mln. dollarni tashkil qilgan.
Pokiston bilan o‘zaro savdo aloqalar hajmi 124 mln. dollarni tashkil qilib, undan import miqdori 25 mln va eksport 99 mln. dollarni tashkil qilgan.
Bangladesh bilan o‘zaro savdo aloqalar hajmi 37 mln. dollarni tashkil qilib, undan import miqdori 15 mln va eksport 22 mln. dollarni tashkil qilgan.
© CERRVzaimnaya torgovlya Uzbekistana i stran YuA
Vzaimnaya torgovlya Uzbekistana i stran YuA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2021
Vzaimnaya torgovlya Uzbekistana i stran YuA
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 15-16 iyul kunlari “Markaziy va Janubiy Osiyo: Mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyalar” mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Anjumanda O‘zbekiston, Afg‘oniston prezidentlari, Pokiston bosh vaziri, Markaziy Osiyo davlatlari, Xitoy, Rossiya tashqi ishlar vazirlari, AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili – jami 600ga yaqin ishtirokchi tashrif buyurishi kutilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan ushbu yuqori darajali anjuman Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalar, ishonch va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan.
Shuningdek, anjumanda savdo, transport, madaniy-gumanitar aloqalarni tiklash hamda mintaqaviy xavfsizlik masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0