Qo‘lni kesish, qamchi bilan savalash – oddiy afg‘onlar Tolibon* davrini qanday eslaydi
© Sputnik / Sayed Zakeria / Mediabankka o‘tishLyudi vo vremennom lagere dlya postradavshix v rezultate boyevix deystviy, na odnoy iz ulis Kabula
© Sputnik / Sayed Zakeria
/ Obuna bo‘lish
"Ular hamma narsaga aralashardi" - RIA Novosti muxbiri Afg‘onistonda bo‘lib Tolibon* bilan duch kelgan afg‘onlar bilan suhbat qildi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik, Filipp Prokudin. Tolibon* ma’lum qilishiga ko‘ra rasmiy Qobul faqat ma’muriy markazlarni - Tolibon esa qishloq hududlarini nazorat qilmoqda. Amerika qo‘shinlari olib chiqilganidan so‘ng afg‘on hukumati qurolangan raqib bilan yakkama-yakka qolishdi. Ushbu voqea xuddi 32-yil oldin, Sovet armiyasi Afg‘onistonni tark etganida sodir bo‘lgan holatga o‘xshaydi. Tarix qaytarimoqdami?
Qobulliklar Jo Bayden va Tolibon* qo‘mondoni mulla Abdulla Barodar bilan o‘pishib tushgan mem-suratini bir-birlariga jo‘natishmoqda. Ko‘rinishidan xuddi Leonid Brejnevning Erik Xoneker bilan o‘pishib tushgan suratiga o‘xshaydi. Amerikaliklar mujohidlarga qurol aslahalarni ataylab qoldirib ketayotgani haqidagi hazil, qobulliklarga hozircha kulguli tuyulmoqda.
Toliblarning jangovar muvaffaqiyatlari aholi orasida turli aralash his-tuyg‘ular uyg‘otmoqda. Bir tomondan ular AQSh va NATOni quvib chiqarayotgani, albatta, yaxshi. Lekin boshqa tomondan toliblar ilk bor hukumat boshiga kelganda qanday tartib qoidalar o‘rnatgani hali ko‘pchillikning esidan chiqqani yo‘q.
“Ular, Bayden, qurol-aslaha uchun rahmat”, - deyishayotgan bo‘lsa ajab emas deb istehzo qilishadi qobulliklar.
Amerikaliklar 20-yil Tolibon bilan kurashishdi va albatta ularga yordam berishni istamagan edi. Afg‘onistonning hozirgi hukumati Vashingtonga qarab ish yuritishi ularni qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Hukumat boshqaruvida ular o‘z xalqiga emas AQShga suyanib ish olib borishgani tufayli amerikaliklar chiqib ketganidan so‘ng ular go‘yoki havoda muallaq bo‘lib qolishdi. Bu haqida mahalliy siyosatchilar chekka-chekkada suhbat qilishmoqda.
Tolibon davrida kechgan bolalik
Mening birinchi suhbatdoshim Samandar dastlab telefonda upishayotgan siyosatchilar aks etgan memni ko‘rsatib kuladi, keyin jim bo‘lib qoladi. Uning yuzidan jiddiy xavotirlikni ko‘rish mumkin. Tolibon 1996-yilda Qobulni jangsiz qo‘lga kiritganida u hali 10 yoshga to‘lmagan edi. Tolibon tashkil qilgan “Afg‘oniston islom amirligida” o‘tgan yoshligini eslarkan, o‘sha vaqtlarda hukm surgan tartib-qoidalarini esga oladi.
“Ularning davrida tartib kuchli edi. Hech kim o‘g‘irlik qilmasdi, chunki buning uchun darholi qo‘lini kesib tashlashardi. Chik! – deb qo‘lib bilan ko‘rsatadi u. Ular bunaqa ishga juda chaqqon edi”, - deydi Samandar.
“Aslida bu noto‘g‘ri. Axir ular odamlar kimni ko‘rsatishsa o‘shani tutib olishar edi. Balkim u begunoh odam bo‘lsa-chi? Umuman o‘g‘irlikda aybdor kishining ham qo‘lini chopish – bu noto‘g‘ri”, deb u yana ehtiyotkor so‘z qidira boshlaydi. Afg‘onistonliklar o‘z tiliga erk bermaslikka o‘rganib qolishgan, axir atrofda “quloqlar” juda ko‘p.
Lekin birozdan so‘ng, u misli portlagandek gapira boshlaydi: “Ular hamma narsaga aralashardi. Hatto jinsi shim kiyishni ta’qiqlashardi – milliy libos kiy, deb. Kiyimlar esa aslida milliy emas – Pokistondan olib kelingan. Men o‘smir edim jinsi shim kiyib yurardim. Kimdir “sotgan”. Ular meni qamchi bilan urishgan. Bu juda azobli va haqoratli edi, chunki ular odamlar oldida meni jazolashgandi.
Kabobpaz Holiq ham 1996-yilda yosh bola bo‘lgan. Otasini o‘ldirishganda yetti yoshli bola oila boshlig‘i bo‘lib qolgan.
“O‘shandan beri men hamma narsa uchun javob beraman. Hozir Toliblar yana qaytib keladi, bir iloj qilib yashash kerak, - Xoliq erta haqida o‘ylamaydi, chunki unga kelajak har doim aldoqchi. 20-yil oldin amerikaliklar kelganidan xursand bo‘lgan edim. Endi esa ular yo‘q. umuman kelishmasa yaxshi bo‘lardi. Hammasi o‘z o‘zidan joyiga tushib ketardi. Xushmuomalalik yuzasidan sovet qo‘shinlari haqida ham ikki og‘iz aytib o‘tadi: nima bo‘lganda ham SSSR Afg‘onistonda juda ko‘p inshootlar qurgan edi.
Tolibon asirligidan qochgan askar
Navbatdagi suhbatdosh Izatullo faqat ayrim shartlarda suhbatlashishga rozi bo‘ldi. Yo‘l-yo‘lakay, u taksi haydovchisidan o‘zi xavfsiz deb hisoblaydigan bir joyda to‘xtashni so‘radi va do‘kondan tamaki (nosvoy) sotib oldi. Haydovchining norozi nigohi ostida tamakini tilining ostiga tashlab oldi. Taksichi qaytimini sanagunicha uning toqati toq bo‘ldi va keskin harakat bilan panel ustiga qo‘yilgan pullarni oladi va moshinadan tushadi. Qo‘rquvga tushgan haydovchi u bilan tortishmasdan jimgina jo‘nab ketadi.
Izatullo - kamuflyaj kiyimda, yuzidan asabiyligi bilib turadi: hozir musht tushiradigandek.
Kafeda Izatullo bo‘ynidagi ro‘molining bir uchini ko‘taradi va uning ko‘ksida ofitser pogoni ko‘rinadi. Maxsus bo‘linma belgilarini allaqachon yechib tashlagan. Tolibon* qo‘lida asirga tushgani haqidagi hikoya - odatiy.
“Bizni qurshab olishdi, patronlar tugadi. Asirga tushganlarni alohida alohida qamab qo‘yishdi. Keyin qo‘llarimizni arqon bilan bog‘lab qizdirilgan pichoq bilan tanamizni kesa boshlashdi. Ularga hech qanday harbiy sir kerak emasdi, shunchaki qasos olish uchun. Jangda biz ulardan juda ko‘pini o‘ldirgan edik”, - hikoyani aytib berarkan ovozi g‘azabga to‘lib, bo‘g‘iq ohangdan jarangdor tus oladi.
Keyin Izatullo og‘riqdan hushidan ketgandek tutadi. Aslida deyarli ham shunday edi. Ko‘plab joyi kesilgan maxsus xizmatchini navbatdagi qiynoqqacha yerda qoldirishadi. Shu vaqt ichida u arqonni kesib qochishga muvaffaq bo‘ladi.
Izatullo yengini va kurtkasini ko‘tarib ko‘rsatadi. Uning butun tanasi keloid chandiqlariga o‘xshash chandiqlar bilan qoplangan.
“Agar toliblar qo‘limga tushsa nima qilaman? – avallgidek o‘ldiraman. Ular hech kimni avvaylamaydi. Jangga ukol bilan kiradi. Qanday ukol olayotganini men bilmayman”, - deydi nafaqadagi ofitser.
Shundan so‘ng uning suhbatimizga qiziqishi qolmaydi va juda kam nafaqa olayotganini va pul kerakligini aytadi. Pulni olganidan so‘ng xayrlashib ko‘chaga chiqib ketadi. Katta yo‘lni diagonal bo‘ylab kesib o‘tarkan u mashinarlarga umuman e’tibor bermaydi. Qobulda ko‘pchilik yo‘lni istagan joyida kesib o‘tadi, lekin Izzatullo atrofiga qaragani ham yo‘q, haydovchilarning o‘zi uni aylanib o‘tishga harakat qilishadi.
Uzoq urush qahramonlari
Qobul – bu devorlar shahri. Deyarli barcha ofis binolari devor bilan o‘ralgan. Yana Hamma joyda xalq qahramonlarining suratlarini ko‘rish mumkin. Ayniqsa Axmad Shax Masudning surati ko‘p uchraydi. Hatto qandolat magazinida ham multfilm qahramonlarining yonida “Pansher sheri”ning surati osilgan.
Afg‘onlar uchun kim zo‘r, Masudmi yoki Spaydermen? Degan hazilomuz savolga jiddiy javob qaytaradi: “Masud bo‘lsa kerak, ular ham multfilm tomosha qilishadi albatta, lekin ularning atrofida, mamlakatda urush ketmoqda, Masud esa haqiqiy qahramon”, - deydi sotuvchi.
Axmad Shax Masud “Afg‘oniston Islom jamiyati” siyosiy partiyasining rahbari bo‘lgan. Partiyani yana bir mashhur siyosatchi Burxoniddin Rabboniy tashkil qilgan. Rabboniy Afg‘oniston prezidenti edi, keyinchalik Qarshilik yillarida (1996 -2001) Tolibonga qarshi kurashgan “Shimoliy alyans”ga yetakchilik qilgan. 2011-yilda u salla ichiga portlovchi modda solib kirgan xudkush terrorchi tomonidan o‘ldirgan. Uning o‘g‘li Salohiddin Rabboniy ichki ishlar vaziri edi, hozir esa otasi tomonidan yaratilgan “Afg‘oniston islom jamiyati” partiyasiga yetakchilik qilmoqda.
Salohiddin Rabboniy mamlakat 1990-yilga qaytdi deb hisoblamaydi. “Xalqaro hamjamiyat Afg‘oniston xalqi tarafida. Tolibon*ga kelsak * ular ko‘p narsalarni e’lon qilishmoqda, lekin xalq ular taklif qilayotgan islohotlarni, dinning bunday talqin qilinishini qabul qilmaydi.
Ikkinchi tomondan Afg‘oniston o‘z ichidan chiqqan, turli jamoalarni taqdim etuvchi hukumat bo‘lishi kerak. Afg‘oniston – ko‘p millatli mamlkat, bizning kuchimiz – ana shu xilma-xillikda”, - deydi suhbatdosh.
“Xorijiy kuchlar bu yerda doimi qolmasligini afg‘onistonliklar yaxshi tushunishadi. Lekin qo‘shinlarning olib chiqilishi ana shunday bo‘lishini – biz hech kutmagan edik. Bu shoshilinch qadam bo‘ldi. Doxada AQSh va Tolibon orasida shartnoma imzolanganidan so‘ng ular darhol qo‘shinlarni olib chiqa boshladi. Mamlakatda esa qo‘rquvni yo‘qotgan tolibon va shartnoma tuzishda ishtirok etmagan hukumat qoldi. O‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha hech qanday kelishuvga erishilmagan. Tolibonning yaqinda erishgan muvaffaqiyatlariga qaramasdan, ular orqaga o‘z pozitsiyalariga surib qo‘yiladi. Harbiy yo‘qotishlar ularni muzokaralar stoliga o‘tirishga majbur qiladi deb hisoblaymiz”, - deydi Salohiddin Rabboniy.
Afg‘oniston masalasida – harbiy yechim bo‘lishi mumkin emas. Baribir kelishuvga erishishga to‘g‘ri keladi. Tolibon*ning o‘zi ham buni tushunadi.
Xayrlashuv oldidan u mendan “Siz Bagramda bo‘ldingizmi? - deb so‘radi. Ular qochib ketgani rostmi?”. Javobimni eshitib, qo‘l cho‘zadi: Sovet Ittifoqi askarlari ham o‘sha urushda yengilgan bo‘lsa-da, kunduz kuni, obro‘ bilan, bayroqlarni ko‘tarib Afg‘onistonni tark etishgan edi”. Ha, hartugul, bu tarixning takrorlanishi emasga o‘xshaydi.
*Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi tashkilot.