Iroqdagi kasalxonada ro‘y bergan yong‘inda qurbon bo‘lganlar soni 54 kishiga yetdi

© REUTERS / ESSAM AL-SUDANIPojar v gospitale v gorode En-Nasiriya, Irak
Pojar v gospitale v gorode En-Nasiriya, Irak - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2021
Obuna bo‘lish
An-Nasiriya shahrida koronavirus bemorlari davolanadigan kasalxonada yirik yong‘in sodir bo‘ldi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Iroq janubidagi An-Nasiriya shahrida koronavirus bemorlari davolanadigan kasalxonada yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Buning oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 54 kishiga yetdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kasalxonadagi yong‘in kislorod ballonining portlashi oqibatida kelib chiqqan.
Neftanaya platforma Prirazlomnaya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2021
Dengiz ostidagi vulqon: Meksika ko‘rfazida kuchli yong‘in yuz berdi - video
Mahalliy OAVlar xabariga ko‘ra, mamlakat bosh vaziri Mustafo al-Kozimiy voqea joyiga yo‘l olgan. Hudud sog‘liqni saqlash departamenti viloyatda favqulodda holat e’lon qilgan.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Iroq poytaxti Bag‘doddagi kovid kasalxonasida ham yong‘in sodir bo‘lib, buning oqibatida 80 nafardan ziyod kishi halok bo‘lgan edi.
Yangiliklar lentasi
0