“Yegulik va suv hammaga yetmayapti”: toliblardan jabr ko‘rgan afg‘onlar hayoti va arz-dodi

Obuna bo‘lish
“Tolibon”* jangarilari hujumlari tufayli Afg‘onistonning minglab tinch aholisi o‘z uylari tark etib, vaqtinchalik chodirli lagerlarga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lishdi.
Toliblar Afg‘onistondan Amerika qo‘shinlari olib chiqib ketilishi ortidan faollashdi. Ular ko‘plab hududlarni, ayniqsa Afg‘onistonning shimolidagi tumanlarni egallab olishmoqda.
“Qishlog‘imizni o‘rab olishdi. Qo‘limizdan hech narsa kelmaydi, toliblar uylarimizni egallab olishdi. Bizni bolalarimiz bilan ko‘chirib yuborishdi, qashshoqlikda kun ko‘rapmiz”, - deydi mahalliy aholidan biri Bibi Zaynab.
Lyudi vo vremennom lagere dlya postradavshix v rezultate boyevix deystviy, na odnoy iz ulis Kabula - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2021
Kobul butun Afg‘onistondagi qochoqlar uchun boshpana bo‘lmoqda
Qochoqlar chodirli lagerlardae yegulik, suv va tibbiy yordam yetishmasidan shikoyat qilishmoqda.
“Tolibon”* vakillari xatti-harakatidan Vashington ham xavotir bildirdi, ammo AQSh afg‘on hukumatiga mamlakat himoya uchun o‘z imkoniyatlaridan foydalanishni tavsiya qilishmoqda.
Toliblarning ta’kidlashicha, ular Afg‘onistonning 80 foizdan ziyod hududini nazorat qilishmoqda. Rasmiy Kobul buni rad etmoqda.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
Yangiliklar lentasi
0