Suv uchun mojaro Namanganda dehqon o‘limi bilan yakun topdi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishRabota skoroy pomoshi v Moskve
Rabota skoroy pomoshi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2021
Obuna bo‘lish
N.O qo‘li bilan M.Nning bosh qismiga urganligi oqibatida, M.N. yerga boshi bilan yiqilib, tan jarohati olgan.
TOShKENT, 12-iyul - Sputnik. Namanganda ikki erkak o‘rtasida suv uchun boshlangan mojaro birining o‘limi bilan yakun topdi, deb xabar bermoqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.
Hodisa Namangan shahar Davlatobod tumanida ro‘y bergan.
Ellik olti yashar N.O. MChJga qarashli mevali bog‘da shu yerda dehqonchilik bilan shug‘ullangan, to‘raqo‘rg‘onlik 63 yashar M.N. bilan suv tufayli janjallashib qoladi.
N.O qo‘li bilan M.Nning bosh qismiga urganligi oqibatida, M.N. yerga boshi bilan yiqilib, tan jarohati olgan.
So‘ngra N.O. M.N.ni To‘raqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasiga olib borgan.
M.N. olgan tan jarohati bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, 10-iyul kuni vafot etgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, marhumning badanida tashqi tan jarohatlari mavjud emasligi, uning o‘limi bosh miya yopiq shikasti, bosh miya to‘qima ostiga qon quyilishidan kelib chiqqanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar Davlatobd tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 10-iyul kuni Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Yangiliklar lentasi
0