https://oz.sputniknews.uz/20210712/milliarder-richard-brenson-koinotga-parvoz-qildi-19640752.html
Milliarder Richard Brenson koinotga parvoz qildi
Milliarder Richard Brenson koinotga parvoz qildi
Sputnik O‘zbekiston
Parvoz AQShning Nyu-Mexiko shtatidan amalga oshirildi. U mahalliy vaqt bilan ertalab soat 08:30 da boshlanib, bir soat davom etdi. 12.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-12T13:10+0500
2021-07-12T13:10+0500
2021-07-12T13:10+0500
dunyoda
milliarder
kosmos
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/0c/19639723_0:0:800:450_1920x0_80_0_0_20e274e19961ae27ff19423ba88a65f3.jpg
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Britaniyalik tadbirkor va astronavt Richard Brenson 11-iyul o‘zining “Virgin Galactic” kompaniyasiga tegishli raketaplanda 86 km balandlikka ko‘tarildi.Parvoz AQShning Nyu-Mexiko shtatidan amalga oshirildi. 70 yoshli tadbirkor bilan birgalikda ikki uchuvchi — Deyv Makkey va Maykl Masuchchi, shuningdek, Virgin Galactic bosh astronavt instruktori Bet Mozes, katta operatsiya muhandisi Kolin Bennett va hukumat bilan aloqalar bo‘yicha vitse-prezident Sirisha Bandla qatnashdi. Kema yo‘lovchilari vaznsizlik holatida bo‘lgan bir necha daqiqa o‘tganidan keyin kema planer rejimida pastlay boshladi. Qo‘nish bir necha daqiqa vaqt oldi, butun parvozga — uchib ketishdan qo‘nishgacha — bir daqiqa kam bir soat sarflandi.Richard Brenson “Virgin Galactic”ga 2004-yilda asos solgan. U koinotga sayyohlik parvozlarini ishga tushirmoqchi bo‘lgan boshqa bir milliarder — “Amazon” internet-giganti va “Blue Origin” aerokosmik kompaniyasi asoschisi Jeff Bezosni to‘qqiz kunga ortda qoldirdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/0c/19639723_118:0:718:450_1920x0_80_0_0_556de6763b346177088a9ff487d008e8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, milliarder, kosmos
dunyoda, milliarder, kosmos
Milliarder Richard Brenson koinotga parvoz qildi
Parvoz AQShning Nyu-Mexiko shtatidan amalga oshirildi. U mahalliy vaqt bilan ertalab soat 08:30 da boshlanib, bir soat davom etdi.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Britaniyalik tadbirkor va astronavt Richard Brenson 11-iyul o‘zining “Virgin Galactic” kompaniyasiga tegishli raketaplanda 86 km balandlikka
ko‘tarildi. Parvoz AQShning Nyu-Mexiko shtatidan amalga oshirildi. 70 yoshli tadbirkor bilan birgalikda ikki uchuvchi — Deyv Makkey va Maykl Masuchchi, shuningdek, Virgin Galactic bosh astronavt instruktori Bet Mozes, katta operatsiya muhandisi Kolin Bennett va hukumat bilan aloqalar bo‘yicha vitse-prezident Sirisha Bandla qatnashdi.
Kema yo‘lovchilari vaznsizlik holatida bo‘lgan bir necha daqiqa o‘tganidan keyin kema planer rejimida pastlay boshladi. Qo‘nish bir necha daqiqa vaqt oldi, butun parvozga — uchib ketishdan qo‘nishgacha — bir daqiqa kam bir soat sarflandi.
Richard Brenson “Virgin Galactic”ga 2004-yilda asos solgan. U koinotga sayyohlik parvozlarini ishga tushirmoqchi bo‘lgan boshqa bir milliarder — “Amazon” internet-giganti va “Blue Origin” aerokosmik kompaniyasi asoschisi Jeff Bezosni to‘qqiz kunga ortda qoldirdi.