https://oz.sputniknews.uz/20210711/jahongir-otajonov-siyosatdan-chekinib-turishi-va-kontsert-bermoqchi-ekanini-malum-qildi-19634525.html
Jahongir Otajonov “siyosatdan chekinib turishi” va konsert bermoqchi ekanini ma’lum qildi
Jahongir Otajonov “siyosatdan chekinib turishi” va konsert bermoqchi ekanini ma’lum qildi
Sputnik O‘zbekiston
U butun jamoatdan, barcha vatandoshlardan, siyosatchilardan, partiyachilardan uzr so‘ragan. 11.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-11T16:02+0500
2021-07-11T16:02+0500
2021-07-11T16:02+0500
jamiyat
saylovlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/16/15846898_0:212:1000:775_1920x0_80_0_0_5858e75edaf3fbaed635396703e67626.jpg
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Sobiq qo‘shiqchi Jahongir Otajonov hozircha siyosatdan chekinishi va onasi sharafiga konsert berishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, olti oydan buyon ota-onasini ko‘ndiraman deb har kuni kurashgan. Siyosiy faoliyat oson emasligini anglab yetgan. Bu narsa uning ota-onasini juda charchatgan. “Mendan rozi bo‘linglar. Bu yilgi prezident saylovida hammaga omad tilayman. Nimaiki bo‘lsa, xalq foydasiga bo‘lsin, biz duodamiz. O‘z ishimizni davom ettiramiz”, - deydi prezidentlikka da’vogarlik qilgan Otajonov.U yaqin vaqt ichida "Onam uchun" deb nomlangan konsert dasturini taqdim etishni rejalashtirayotganini qo‘shimcha qildi.Eslatib o‘tamiz, Jahongir Otajonov 2020-yil oxirida san’atdan ketganini e’lon qilgan edi. Keyinroq u navbatdagi prezidentlik saylovida davlat rahbari lavozimi uchun kurashishini ma’lum qilgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/16/15846898_0:119:1000:869_1920x0_80_0_0_9bb44a57ad8a770f3485310340f67c41.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, saylovlar
Jahongir Otajonov “siyosatdan chekinib turishi” va konsert bermoqchi ekanini ma’lum qildi
U butun jamoatdan, barcha vatandoshlardan, siyosatchilardan, partiyachilardan uzr so‘ragan.
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Sobiq qo‘shiqchi Jahongir Otajonov hozircha siyosatdan chekinishi va onasi sharafiga konsert berishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
“15 kun bo‘ldi, siyosiy masalada efir qilmadim. Har efir qilganimda onamning umri besh yilga kamayib ketayotgandi. Ota-onamning har kuni yig‘lab o‘tirishi menga qimmatga tushapti. Hatto ertaga prezident bo‘lib qolsam ham ota-onamga bir narsa bo‘lsa, tatimaydi.Shuning uchun men butun jamoatchilikdan uzr so‘rayman — hozircha bu siyosatdan chekinib turaman. Butun jamoatdan, barcha vatandoshlardan, siyosatchilardan, partiyachilardan uzr so‘rayman. Hozircha bu ishni davom ettira olmayman”, - dedi u Instagram’dagi sahifasiga joylangan murojaatda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, olti oydan buyon ota-onasini ko‘ndiraman deb har kuni kurashgan. Siyosiy faoliyat oson emasligini anglab yetgan. Bu narsa uning ota-onasini juda charchatgan.
“Mendan rozi bo‘linglar. Bu yilgi prezident saylovida hammaga omad tilayman. Nimaiki bo‘lsa, xalq foydasiga bo‘lsin, biz duodamiz. O‘z ishimizni davom ettiramiz”, - deydi prezidentlikka da’vogarlik qilgan Otajonov.
U yaqin vaqt ichida "Onam uchun" deb nomlangan konsert dasturini taqdim etishni rejalashtirayotganini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, Jahongir Otajonov 2020-yil oxirida san’atdan ketganini
e’lon qilgan edi. Keyinroq u navbatdagi prezidentlik saylovida davlat rahbari lavozimi uchun kurashishini
ma’lum qilgan edi.