https://oz.sputniknews.uz/20210710/ozbekistonga-yana-bitti-afrosiyob-tezyurar-poezdi-olib-kelinmoqda-19624699.html
O‘zbekistonga yana bitta "Afrosiyob" tezurar poyezdi olib kelinmoqda
O‘zbekistonga yana bitta "Afrosiyob" tezurar poyezdi olib kelinmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Ikkita lokomotiv, 11ta vagon va yana 4ta alohida vagondan iborat yangi sostav ayni damda dengiz oriali Sankt-Peterburgga yetib kelgan. 10.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-10T16:53+0500
2021-07-10T16:53+0500
2021-07-10T19:11+0500
iqtisod
tez yurar poyezd qatnovi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/0a/19624120_71:0:610:303_1920x0_80_0_0_12b02bf65e98f84e9bc9484a8d779b53.jpg
TOShKENT, 10-iyul - Sputnik. Mustaqillikning 30-yilligi arafasida O‘zbekiston Temir yo‘llari Ispaniyadan yana bitta "Afrosiyob" tezurar poyezdi olib kelmoqda, deb xabar qilmoqda jamiyat. "2021 yil 30-iyun kuni Ispaniyaning Bilbao portidan “AFROSIYOB” poyezdi, ya’ni 2 ta lokomotiv va 11 ta vagoni, shuningdek, alohida yana 4 ta vagon ortilgan kema Rossiyaning Sankt Peterburg portiga yetib keldi.Ayni kunda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mutaxassislari rossiyalik hamkasblari bilan hamkorlikda mazkur zamonaivy poyezdni relyesga qo‘yib mamlakatimizga olib kelishga hozirlashmoqda, - deyilgan xabarda.Ma’lumot uchun O‘zbekistonga "Talgo 250" rusumli birinchi tezurar poyezd 2011-yilda olib kelingan edi. Bugungi kunda Toshkent-Samarqand, Toshkent-Qarshi va Toshkent-Buxoro yo‘nalishlarida 4ta ana shunday tezurar poyezdlar xizmat ko‘rsatmoqda. To‘rtinchi sostav 2019-yilda olib kelingan edi. 2019-yilda O‘zbekiston tezurar poyezdlari bor mamlakatlar reytingida birinchi 20talikka kirgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/0a/19624120_139:0:543:303_1920x0_80_0_0_8f034546d50fcf2ce881d6f3a550e5a9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, tez yurar poyezd qatnovi
iqtisod, tez yurar poyezd qatnovi
O‘zbekistonga yana bitta "Afrosiyob" tezurar poyezdi olib kelinmoqda
16:53 10.07.2021 (yangilandi: 19:11 10.07.2021) Ikkita lokomotiv, 11ta vagon va yana 4ta alohida vagondan iborat yangi sostav ayni damda dengiz oriali Sankt-Peterburgga yetib kelgan.
TOShKENT, 10-iyul - Sputnik. Mustaqillikning 30-yilligi arafasida O‘zbekiston Temir yo‘llari Ispaniyadan yana bitta "Afrosiyob" tezurar poyezdi olib kelmoqda, deb
xabar qilmoqda jamiyat.
"2021 yil 30-iyun kuni Ispaniyaning Bilbao portidan “AFROSIYOB” poyezdi, ya’ni 2 ta lokomotiv va 11 ta vagoni, shuningdek, alohida yana 4 ta vagon ortilgan kema Rossiyaning Sankt Peterburg portiga yetib keldi.
Ayni kunda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mutaxassislari rossiyalik hamkasblari bilan hamkorlikda mazkur zamonaivy poyezdni relyesga qo‘yib mamlakatimizga olib kelishga hozirlashmoqda, - deyilgan xabarda.
Ma’lumot uchun O‘zbekistonga "Talgo 250" rusumli birinchi tezurar poyezd 2011-yilda olib kelingan edi. Bugungi kunda Toshkent-Samarqand, Toshkent-Qarshi va Toshkent-Buxoro yo‘nalishlarida 4ta ana shunday tezurar poyezdlar xizmat ko‘rsatmoqda. To‘rtinchi sostav 2019-yilda olib kelingan edi.
2019 yilda O‘zbekiston tezurar poyezdlari bor mamlakatlar reytingida birinchi 20talikka kirgan edi.