Qirg‘iziston Tojikistondan otishmadan so‘ng qo‘lga olingan askarni qaytarishni talab qildi

© Sputnik / Igor Yegorov / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashiy voorujennix sil Kirgizii
Voyennoslujashiy voorujennix sil Kirgizii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2021
Obuna bo‘lish
Kechagi otishma vaqtida Tojikiston chegarachilari qirg‘iz askarini qo‘lga olib, o‘z hududiga olib ketishdi.
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Kechagi otishma vaqtida Tojikiston chegarachilari qirg‘iz askarini qo‘lga olib, o‘z hududiga olib ketishdi, deb xabar qildi Qirg‘iziston chegara xizmati.
Botken uchastkasi bo‘yicha Qirg‘iziston Respublikasining chegara vakili Kiyalbek Tolonboyev harbiy xizmatchini qaytarilishini talab qilmoqda.
Tomonlar tekshiruv o‘tkazmoqda.
Pogranichnik respubliki Kirgizstan vo vremya slujbi. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2021
Tojik-qirg‘iz chegarasida yana otishma – chegarachi halok bo‘ldi
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha soat 17.00 atrofida qirg‘iz-tojik cherasi Chashmagildan dovoni hududida qirg‘iz va tojik chegarachilari o‘rtasida otishma yuz berdi.
Ilgariroq, ushbu otishmada Qirg‘iziston chegarachisi 27 yoshli Xusnidin Xojiyev halok bo‘lgani haqida xabar berildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tojik tomonidan ham halok bo‘lgan va yarador bo‘lganlar bor.
Yangiliklar lentasi
0